Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaevning konsert dasturidan batafsil

Estradamizning yorqin yulduzi Ulug‘bek Rahmatullaevning joriy yildagi “Yoshlik qaytmaydi” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturining kuni kecha ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur dasturga tashrif buyurganlar hayajoni, konsert dasturini orziqib kutganligini ularning nigohlaridan sezish qiyin emas edi. “Istiqlol” san’at saroyining zali muxlislar bilan limmo-lim. Hammaning nigohi sahnada. Ular xonandani davomli olqishlar bilan chaqirishdi.

Tomoshabinlarni ko‘p kuttirishni istamagan Ulug‘bek Rahmatullaev shu payt yorqin sahnada “oppoq kabutarlar” bilan birga paydo bo‘ldi. Konsert dasturini “Kabutarlar” qo‘shig‘i bilan ochib bergan xonanda dasturni an’anaga muvofiq o‘zi olib bordi. Xonandaning ijodiga yarashadigan dekoratsiya, chiroqlar bilan birga raqqosalarning raqsi uyg‘unligida bir qator dilga yaqin taronalar ijro etildi.

Ulug‘bek Rahmatullaev va’da qilganidek, ko‘pgina yangi qo‘shiqlar ham muxlislarga armug‘on etildi. Mazkur konsertning ilk kunidayoq xonandaning hamkasblari va do‘stlari uni qo‘llab quvvatlash maqsadida tashrif buyurishdi. Jumladan, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Shukrullo Isroilov, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Xalimaxonim, Otabek Mutalho‘jaev, Umar Shamsiev, Davron Ergashev va boshqalar.

Konsert davomida muxlislar ham kulib, ham yig‘lab qo‘shiqlarni tinglashdi. Uzoq va davomli olqishlar bilan xonandani tabriklashdi. Yangi qo‘shiqlaridan biri onalarga bag‘ishlangan bo‘lib, videoklipi bilan birga taqdim etildi. Ana undan so‘ng xonanda volida-yu muhtaramasiga guldasta taqdim etdi. Shuningdek, bundan 10 yil oldin yaratilgan “Yorim yoniga borsam...” misralari bilan boshlanuvchi qo‘shig‘i bilan ro‘y bergan qiziq voqeani so‘zlab berdi. Mazkur qo‘shiqning muallifi, Ulug‘bek Rahmatullaevning ustozi Farrux Badalboyevga rahmat aytib, u bilan hamkorlikda yaratilgan yangi “Binafsha” kompozisiyasini ijro etdi. Shu bilan birga dastur davomida xonanda ijodidagi bir qator qo‘shiqlar muxlislar jo‘rligida kuylandi.


Konsertga tashrif buyurgan Shukrullo Isroilov o‘zining noodatiy hirgoyilari bilan barchaga tabassum ulashdi. Duetlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, allaqachon xit darajasiga ko‘tarilgan estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda bilan kuyladan qo‘shig‘i ijro etildi. Shahzoda bilan bo‘lib o‘tgan kichik suhbat esa barchaga xush keldi. Qolaversa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda bilan yangi duet taronadan ham bahramand bo‘lishdi. Ulug‘bek Rahmatullaev har bir qo‘shig‘ini ijro etar ekan, deyarli ham biriga alohida to‘xtalib, yozilish tarixi yoki, qo‘shiq bilan bog‘liq yorqin voqealarni so‘zlab berdi.

Bir so‘z bilan aytganda konsert dasturi a’lo darajada o‘tdi. Konsertga kelganlar armonda, kelmaganda darmonda qoldi. Chipta olmagan muxlislar esa konsertning diski sotuvga chiqishini kutishga majbur. Biroq sahnada o‘tirib barchasiga guvoh bo‘lganga nima yetsin. Bugun konsertning ikkinchi kuni. Biz Ulug‘bek Rahmatullaevga omad tilaymiz. Konsertning qolgan kunlari ham fayzli o‘tishiga ishonamiz.




Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5267 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev, konsert dasturi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Dilso'z пишет: | 07.11.2015 | 18:22 #2 Страница с комментарием
omina1710 Y :Y: Y
Like | 0
Dilso'z пишет: | 07.11.2015 | 18:21 #1 Страница с комментарием
omina1710 :Y::Y::Y:
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное