Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaev ingliz tilida kuylashni boshladi

Bugungi kunda turli mavzularda qo‘shiq kuylab, har bir ijod namunasi xit darajasiga aylanayotgan Ulug‘bek Rahmatullaev bir necha yillardan beri dilida saqlab kelayotgan maqsadlarini amalga oshirishni boshladi. 
Ulug‘bek Rahmatullaev o‘zining "I love you" qo‘shig‘ini endilikda butunlay ingliz tilida kuylashga tayyorlamoqda. Faqat bu qo‘shiq ingliz tilida remiks variantda yangraydi.
Xonandaning ma’lum qilishicha, chet davlatlarda muxlislari soni ko‘payib borayotganligi sababli nafaqat o‘zbek tilidagi, balki rus va ingliz tilidagi qo‘shiqlarga talab kuchaymoqda. Shu sabab Ulug‘bek Rahmatullaev ingliz tilida bir emas, ikkita qo‘shiq kuylashga qaror qildi. 
1984-yilda musiqa shinavandalari uchun ma’lum va sevimli bo‘lgan Stiv Uanderning mashhur "I just called to say I love you" taronasi xit darajasiga ko‘tarilgandi. Bu qo‘shiq xozir ham sevib tinglanadi. Ulug‘bek Rahmatullaev esa ikki yoshligida mashhur bo‘lgan ushbu taronani yoshligidan kuylashni niyat qilgan ekan va nihoyat ushbu maqsadini amalga oshirish uchun fursat yetganligini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda xonanda  "I just called to say I love you" qo‘shig‘ini o‘z yo‘nalishida qayta kuylaydi.
Bu qo‘shiqlarning barchasi esa "O‘zbegim Taronasi" radiosi va saytimiz orqali premera qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting.  


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4361 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное