Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullaevning ijodida nima gap?


O‘zbek estradasining yorqin yulduzi, “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug‘bek Rahmatullaev so‘ngi kunlarda  nafaqat ijodda, balki, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan xonanda kamnamo bo‘lib qolgandek. Bunga oydinlik kiritish maqsadida xonanda bilan bog‘landik va barchani qiziqtirayotgan savollarga javob olishga muvofaq bo‘ldik.
Ma’lum bo‘lishicha xonanda ayni damda noyabr oyida kutilayotgan “Yoshlik qaytmaydi” nomli konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xabaringiz bor u har yili konsert dasturida muxlislarni kutilmagan sovg‘alar bilan lol qoldiradi. Bu yil ham Ulug‘bek Rahmatullaev bir qator yangi qo‘shiqlar bilan birga qimmatbaho sovrinlarni ham tayyorlab qo‘ygan. Bu sovg‘aning nima ekani hozircha noma’lum. Biroq konsertning har bir kunida taqdim etiladi va u tashrif buyurgan tomoshabinlarning eng omadlisigagina nasib etadi. Kutilayotgan dastur shu yilga qadar o‘tgan konsertlardan butunlay farq qilishi, buning uchun xonanda bor e’tiborini tayyorgarlikka qaratayotgani, shuningdek, mazkur dasturning rejissyori Oybek Aliev ekani haqida konsert prodyuseri Dilshod Rahmatullaev ma’lum qilmoqda.
Bu hali hammasi emas. Ulug‘bek Rahmatullaev tez kunda radioto‘lqinlarimiz uzra yangi taronasini taqdim etish arafasida. Ko‘rib turganingizdek xonanda bir zum ham ijoddan yiroqlashgani yo‘q. Shunday ekan, biz xonandaga omad tilaymiz va yangiliklarni kutib qolamiz.



Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4099 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
namuna Uluģbek sizga omad
Like | 0
Nigow771 Ulugbek yangi taronalani kutamiz
Like | 0
Dilso'z пишет: | 17.09.2015 | 23:31 #1 Страница с комментарием
omina1710 Ulug'bekka kuch quvvat, ijodiga omad bersin xudoyim
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное