Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Ulug‘bek Rahmatullaevdan yangi qo‘shiq va klipni qarshi oling!

Erkak xonandalarimiz orasida eng faol ijodkorlardan biri bo‘lgan Ulug‘bek Rahmatullaev bugun yana bir ijod namunasini saytimiz orqali taqdim etdi. "Hay yoray" deya nomlangan qo‘shiq tayyorlangani haqida yaqinda ma’lum qilgandik. 
Mazkur tarona "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochdi. Nodir Azimov qalamiga mansub matn asosidagi she’rga Iqbol Muhammadjonov musiqa bastalagan bo‘lsa, mahoratli soundmaker Jasur Badalboyev aranjirovka ustida ishlagan. 
Sho‘x ohangdagi qo‘shiq raqsbopligi bilan ko‘plab muxlislarga manzur kelishi shubhasiz. Bu tarona uchun videoklip ham suratga olingani haqida xabar bergandik. Bugun saytimiz orqali mazkur klipni birinchilardan tomosha qilishingiz mumkin. 
Hasan va Husan Atabaevlar tomonidan suratga olingan klip komedik janrda bo‘lib, bahoriy kayfiyat bahsh etadi. Videoklipda bir qator mahoratli va ko‘zga ko‘ringan aktyorlar jamoasi ishtirok etgan. 
Saytimiz orqali Ulug‘bek Rahmatullaev tomonidan taqdim etilayotgan yangi klipni tomosha qiling va baho bering!
KLIP va TARONANI KO'CHIRISH


Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 3573 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное