Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. TisMarHan-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Banklar ogohlantirildi, to‘lov tashkilotidan litsenziya qaytarib olindi: Bank nazorati qo‘mitasi yanvarda nimalar qildi?
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2023-yilning yanvar oyi davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha banklar, nobank mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlariga nisbatan choralar ko‘rilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.  

Tematik o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “O‘zmilliybank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Turonbank”, “Qishloqqurilishbank” va “Asakabank” ogohlantirilgan: 

  • moliyaviy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratilmagani; 
  • kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani, 
  • muammoga aylanishi mumkin bo‘lgan kreditlarni erta aniqlamagani; 
  • vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani; 
  • kreditlar monitoringi, axborot tizimi va kredit qarzdorliklarini undirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagani sababli.  

Bundan tashqari, iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan banklar (“Kapitalbank”, “Anorbank”, “Ravnaq bank”) ham ogohlantirilgan. 

Cash U mikromoliya tashkilotiga esa “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4 va 6-moddalariga amal qilinmagan holda iste’molchiga xizmatlar haqida o‘z vaqtida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berilmagani va iste’molchilarning xizmat haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish huquqi buzilgani sababli 30 mln so‘m jarima qo‘llangan.

Qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun E-services House mas’uliyati cheklangan jamiyatidan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 682 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘mitasi, nazorati, qildi?, to‘lov, Bank, litsenziya, ogohlantirildi, tashkilotidan, qaytarib, yanvar, nimalar, olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное