Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi uchta bankning nomi o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qarori bilan uchta bankning nomi o‘zgardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, «Trastbank» xususiy aksiyadorlik birja bankining nomi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga, «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki nomi «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankiga, O‘zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining nomi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga o‘zgargan.
Nomi o‘zgarganligi munosabati bilan mazkur banklarga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan lisenziya va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi Bosh lisenziya blanklari almashtirib berilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining 9-bandida 2015 yilning 1 iyulidan aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlarida ularning ustav kapitalida davlat ulushidan qat’i nazar, «davlat» so‘zidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5741 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bank, O‘zbekiston, nomi o‘zgardi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NaTaLi Omad ishlarida
Like | 0
Damir_95_ Zor bopti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное