Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisi nomi o‘zgardi


Shomurodov transfer qiymati bo‘yicha “Rostov” hamda O‘zbekistonda yetakchi bo‘lib oldi.
Transfermarkt elon qilgan yangi narxlarga ko‘ra, “Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer narxi 4 million yevroga qimmatlashib, 6,5 million yevroni tashkil etdi. Mazkur ko‘tarilish Shomurodovni “Rostov”dagi eng qimmat futbolchiga aylantirdi. Undan keyingi o‘rinlarda Matias Norman (6 mln. yevro) hamda Aleksey Ionov (4,5) turibdi.

Shuningdek, 24 yoshli forvard O‘zbekistonning ayni vaqtdagi eng qimmat o‘yinchisiga ham aylanib oldi. U Xitoyning “Shanxay SIPG” jamoasi a’zosi Odil Ahmedovni ortda qoldirdi. Ahmedovning transfer narxi ayni paytda 4,5 mln. yevroni tashkil etgan. O‘zbekistonlik futbolchilar orasida “Sharja” yarim himoyachisi Otabek Shukurov kuchli uchlikka yakun yasagan. Uning narxi 2 mln. yevro.

Quyida Eldor Shomurodovning 2016-yildan buyon transfer bozoridagi narxlari keltirilmoqda.

2016-yil 15-aprel. “Bunyodkor” - 375 ming evro
2016-yil 26-iyun. “Bunyodkor” - 400 ming yevro
2016-yil 30-noyabr. “Bunyodkor” – 600 ming yevro
2017-yil 15-iyul. “Rostov” – 750 ming yevro
2017-yil 23-dekabr. “Rostov” – 600 ming yevro
2018-yil 6-iyun. “Rostov” – 700 ming yevro
2018-yil 20-dekabr. “Rostov” – 900 ming yevro
2019-yil 22-fevral. “Rostov” – 1 million yevro
2019-yil 14-iyun. “Rostov” – 1,5 million yevro
2019-yil 10-sentabr. “Rostov” – 2,5 million yevro
2019-yil 23-dekabr. “Rostov” – 6,5 million yevro



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3840 | Рейтинг: 0| Рейтинг: eng qimmat, nomi o‘zgardi, o‘yinchi, O‘zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное