Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Baron-2” filmiga ajratilgan pullar yeb yuborilganmi? Sa’diyev murojaat bilan chiqdi
Kecha, 28 oktyabr kuni kinorejissyor Rustam Sa’diyev o‘zining Facebook sahifasi orqali “Baron-2. Sog‘inch” kino filmining hujjatlari soxtalashtirilgan degan xabarlarni tuhmat deb atadi va radiya bildirdi.

Gap shundagi, Telegram kanallarning birida “Baron-2” badiiy filmi davlat byudjetidan 5,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlab chiqarish jarayonida kamomadga yo‘l qo‘yilgani, bugungi kunda qalbaki hujjatlar asosida uning mulk huquqi begonalashtirilgani haqida xabar tarqalgan.

Rustam Sa’diyevning ma’lum qilishicha, filmning umumiy byudjeti bir million AQSH dollaridan oshib ketgan.

“Filmning umumiy byudjeti 1.150.000 $ bo‘lib, O‘zbekiston kinematografiya agentligi 5 milliard 723 million so‘m va Rossiyaning “Inferno Production” kompaniyasi 31 million rubl miqdoridagi investitsiyasi bilan shakllantirildi (50%/50%)”, deydi u.

Rejissyor ushbu kartinani mustaqil O‘zbekistonning 31 yillik tarixida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda ishlangan birinchi film deb atagan.

“Bu film Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (SHHT MATT), O‘zbekiston kinematografiya agentligi hamda milliy kino tarixida birinchi marotaba Rossiya Federatsiyasi hamkorligida suratga olingan”, deydi rejissyor

Rustam Sa’diyevga ko‘ra, bu filmning hamkorlik hujjatlari ustida Adliya vazirligining yuristlar guruhi ishlagan.

“Bu hamkorlik shartnomasiga O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov 3 oy qo‘l qo‘ymasdan, Adliya vazirligi yuristlar guruhini tashkil etib, har bir punktini qayta ishlatgandan keyin qo‘l qo‘ygan. Filmni suratga olishda ko‘p qiyinchiliklarni boshimizdan kechirdik. Rostini aytsam, eslagim kelmaydi. Asosiysi, film tayyor bo‘ldi”, deya ta’kidladi Sa’diyev.

Kinorejissyor film bo‘yicha oltita “fakt”ni sanab o‘tgan. Qayd etishicha, film to‘rt mamlakatda premera qilingan va hozirgi vaqtgacha Toshkent shahrining o‘zida ikki milliard so‘mdan ziyodroq daromad keltirgan. Sa’diyevning urg‘ulashicha:

1. Filmning umumiy byudjetidan 50% tejab qolinib, tashqi investitsiya hisobiga amalga oshirilgan;

2. Film s’yomkalari 5 ta davlatda bo‘lib, har bir davlatda 8-10 ta manzillarni tashkil etgan;

3. Birinchi marotaba o‘zbek kinosida 80% chet elning taniqli yulduz-aktyorlari ishtirok etdi;

4. Bu birinchi “Dolby” ovozli o‘zbek filmi bo‘ldi;

5. Bu bir paytda 4 davlatda katta ekranga chiqqan birinchi milliy film;

6. Film shu yilning 18 avgustida ekranga chiqqan bo‘lsa, bugungi kungacha faqat Toshkent shahri kinoteatrlarida milliy kino tarixida birinchi marotaba ikki milliard so‘mdan oshiq mablag‘ to‘pladi va kinoteatrlarda namoyish etilishi hozir ham davom etmoqda.

Rustam Sa’diyev Rossiya va Qozog‘iston kinoteatrlarini misol keltirar ekan, bu ikki mamlakatda chet el filmlari 20-25% ni, O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 95%ni tashkil etishini ma’lum qilgan.

“Hozirgi kunda qo‘shni Qozog‘istonda kinoteatrlar ekranlarini 80% milliy filmlari 20% chet el filmlari tashkil etyapti. Rossiya Federatsiyasida esa 75% rus filmlari 25% chet filmlari. O‘zbekistonda kinoteatrlarda 95% Gollivud va Rossiya filmlari tashkil qilyapti. Afsuski, bu hozirgi statistika”, degan rejissyor.

Rustam Sa’diyev hujjatlar qalbaki degan ma’lumotni asossiz deb aytgan va kinoni talash emas, ko‘tarish kerak degan fikrni ilgari surgan.

“Agar endigina xalqimizni tiliga tushayotgan har bir filmni qo‘llash o‘rniga pressa orqali talayversak, unda kinoteatrlarda endi o‘z qanotlarini tomoshabin oldida tiklayotgan milliy kinoga qiziqishni o‘ldirib qo‘ymaymizmi? Agar shuncha qilingan mehnatga qalbaki hujjat qilingan deb asossiz informatsiya chiqyaptimi, demak bu yerda kimgadir tosh otilyapti. Iltimosim milliy kinoni ko‘taraylik, talamaylik”, degan u.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1698 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sa’diyev, bilan, filmiga, ajratilgan, murojaat, Baron, pullar, yeb, chiqdi, yuborilganmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное