Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Migratsiya agentligi Rossiyadagi muhojirlarga jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor jiddiy ogohlantirish berdi. 

“Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz”, deyilgan agentlikning Telegram sahifasidagi xabarda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norovning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, migrantlarni urushga tortish haqidagi da’vatlar tez-tez kuzatilmoqda. 

Masalan, "Novaya gazeta. Yevropa"ning yozishicha, sentyabr oyida Rossiyaning Mordoviyadagi 17-koloniyasidan 40 dan ortiq xorij fuqarolari Ukrainaga urushga yuborilgan.

Ular qatorida, Baxtiyor Quvondiqov, Qurolbek Qo‘chqorov, Islombek Sobirov, Azamat Zulunov, Sardor Zokirov va Nasimxon Movlonov kabilar borligi yozilgan.

Shuningdek, 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi Oryolda harbiy xizmatga qabul qilish idorasidan chaqiruv olgan edi.

Ortiqxo‘ja Norovning qo‘shimcha qilishicha, agentlik ayni paytda mazkur holatlar bo‘yicha monitoring kuzatuvlarini olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2190 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Migratsiya, ogohlantirish, chiqdi, bilan, Rossiya, muhojirlarga, agentligi, jiddiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное