Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj va Umra safariga oid ogohlantirish bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda haj ibodatini tashkil etish va Haj safariga jo‘natishga oid yangiliklar, to‘lovlarni qabul qilish shakli va ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar berilmoqda. Haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi. Ular tomonidan haj ibodatini tashkil etishga urinish esa amaldagi qonun hujjatlariga zid hisoblanadi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

Mazkur hujjat asosida tuzilgan Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi a’zolari qatorida ushbu muqaddas ibodatlarni uyushtirish bevosita Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklangan.

Ushbu tashkilotlarga Haj va Umra mavsumida ziyoratchilarning sog‘-salomat va ibodatlarini to‘la-to‘kis bajarib kelishini ta’minlash maqsadida, Saudiya Arabistonidagi tegishli vazirliklar bilan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar, mehmonxonalar, transport va oziq-ovqat korxonalari bilan shartnomalar tuzish vakolati berilgan.

Shu bois, Haj va Umra mavsumlarida O‘zbekiston ziyoratchilarini kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish, shu jumladan, ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda bo‘lishi va u yerdan qaytib kelishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni qonunchiligiga ko‘ra ham, haj safari dunyo davlatlarining vakolatli tashkilotlari bilan mazkur mamlakatning Haj va umra vazirligi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mazkur kelishuvlar asosida tashkil etilmagan haj ziyoratiga urinish ushbu ulug‘ amalning eng muhim ruknlari bo‘lmish – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida ibodat qilish imkoniyatini bermaydi.

“Saudiya Arabistoni hududida haj tartiblarini buzish esa ushbu mamlakat qonunchiligi asosida chora ko‘rilishiga olib keladi. Shu bois, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi”, deyiladi xabarda.

Bunday tashkilotlar tomonidan haj ibodatini tashkil etishga urinish esa amaldagi qonun hujjatlariga ziddir.

Qo‘mita, deport qilish va jarima solinishi bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtalgan. Unga ko‘ra, muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26 000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1916 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oid, chiqdi, safariga, ishlari, qo‘mita, bilan, Umra, bo‘yicha, ogohlantirish, din, Haj
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное