Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zgidromet yangi haftaga oid shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Shu yilning 13-14 aprel kunlari respublikaning 7 ta hududida shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zoni kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet rahbari Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. 13-14 aprel kunlari esa respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 37 darajagacha ko‘tariladi.

12-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

12-14 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ba’zi joylarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1465 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haftaga, O‘zgidromet, bilan, shoshilinch, chiqdi, oid, yangi, ogohlantirish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное