Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. TisMarHan-soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Kara Para Ask - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zgidromet 9 viloyat aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi
Joriy yilning 5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli 9  ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 5-7 aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 5 aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 5-7 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.

5-7 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1642 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aholisiga, O‘zgidromet, chiqdi, bilan, ogohlantirish, 9 viloyat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное