Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Bepushtlikning sababi – prostatitmi?



 O`g`limda prostata bezining yallig`lanishi – prostatit aniqlangan edi. Shifokor buyurganidek davolandiyu, ammo haligacha farzandli bo`lolmayapti. Prostat asorati bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin deb eshitgandim, nahot shu rost bo`lsa?..

Savol «SMS» orqali kelgan

Savolga androlog-seksopatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Dilmurod ERGAShEV javob beradi:

– Prostata bezi shamollashi qisman farzand ko`rishga monelik qilishi mumkin, qachonki, bemor o`z vaqtida davolanmay, muolajani oxiriga etkazmagan bo`lsa. Davo choralari to`g`ri bajarilganida esa bepushtlik kelib chiqmaydi. Nasl qoldirish xususiyatini baholash uchun bir qancha tibbiy tahlillar (gormonlar, spermogramma) o`tkazilishi lozim. Jinsiy a`zolardagi yallig`lanish, jinsiy yo`l orqali o`tadigan infeksiyalar, erkak urug` sifatining pastligi yoxud gormonal muvozanatining buzilishi ko`p hollarda farzand ko`rish qobiliyatini pasaytiradi. Bunday holatlarda muammoni keltirib chiqarayotgan omil aniqlanib, uni bartaraf etishga diqqat qilinsa, ortiqcha tashvishga hojat ham qolmaydi.


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 6005 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sog'liq, prostatit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное