Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari


Diqqat bilan qo‘lingizga qarang. Nimani ko‘ryapsiz? Refleksologlar butun boshli biofaol nuqtalarni ko‘rishadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ular organizm va kayfiyatni nazorat qilish imkonini beradi. AdMe barmoqlar yordamida nimalarga erishish mumkinligiga oid maqolasi bilan bo‘lishdi.
Bosh barmoq





Katta barmoq sizning barcha qarorlaringiz uchun javobgar. U xavotir va bosh og‘rig‘i uchun mas’ul. Shuning uchun kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasa, asabiylashsangiz va buning natijasida bosh og‘rig‘ini orttirsangiz, bosh barmoqni siqing, lekin juda kuchli bosim bilan emas. Taxminan 5 daqiqaga. Refleksologlarning so‘zlariga ko‘ra, bu bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Ko‘rsatkich barmoq





Bu barmoq mushakdagi og‘riqlar, shuningdek xafagarchilik, qo‘rquv va xijillik tuyg‘usini nazorat qiladi. Minnesota Universiteti tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, mushakdagi og‘riqlardan aziyat chekkan bemorlar refleksoterapiya seanslaridan keyin ahvollari yaxshilanganini ta’kidlashgan. Ko‘rsatkich barmoqni boshqa qo‘lingiz kafti bilan 5 daqiqaga siqib turing.
O‘rta barmoq





Agar o‘zingizni odatdagidan ko‘proq charchagandek his qilsangiz yoki arzimagan narsalarga jahlingiz chiqaversa, o‘rta barmog‘ingizni siqing. Tadqiqotlar bunday mashqlar qon bosimini pasaytirib, insonning o‘zini xotirjam his qilishiga olib kelishini ko‘rsatdi.
Nomsiz barmoq





Salbiy his-tuyg‘ular va qayg‘udan nomsiz barmoq yordamida xalos bo‘lish mumkin. Uni 5 daqiqaga o‘rtacha bosimda siqing. Xotirjamlikni saqlash va nafas olishni nazorat qilishni unutmang.
Jimjiloq





Kaftingiz o‘rtasini boshqa qo‘l barmoqlari bilan bosing, aylanma harakatlar bilan uqalang va 3 marta chuqur-chuqur nafas oling. Refleksologiyaga ko‘ra, kaft - his-tuyg‘ular markazi. Tadqiqot ma’lumotlariga binoan, kaftni muntazam uqalash ko‘ngil aynishi, tushkunlik, diareya va qabziyat bilan kurashishda yordam beradi.
Tutash kaftlar


 


 
 
Kaftlarni tutashtirish ko‘proq meditatsiyada qo‘llaniladi. U diqqatni jamlash, o‘y-xayollar va his-tuyg‘ularni tartibga keltirishga yordam beradi. Kaftlarni tutashtirib, ularga qarama-qarshi bosim o‘tkazish orqali qon aylanishini yaxshilashga erishish mumkin.




 
 


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 7603 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sog'liq, barmoqlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
zumrad991 meva urug'lari yordamida, barmoqlarni uqalash asab tizimlariga judayam foydali ekan.
Like | 0
zumrad991 bu ma'lumotlar rost! Men ham xuddi shunga o'xshash mashqlarni mevalar urug'lari yordamida ko'p bor sinab ko'rganman.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное