Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Klon-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Bir to‘yki, Ertakdagidek...Shov-shuvi dunyoga yetdi! (Shohruhxon va Asal)

Shohruhxon va Asalning to‘yi dunyodagi o‘zbeklarni e’tiborsiz qoldirmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘nlab muxlislar to‘y bilan bog‘liq eksklyuziv suratlarni joylashtirdi, minglab foydalanuvchilar bir-biridan repost qildi, muhokama qildi... Xullas, bu to‘yning shov-shuvi dunyoga yetdi.
Xon kuyovlarning odatdagidek kiyinish uslubidan voz kechdi. O‘ziga xos ijodga ega yulduz o‘zgacha “stayl”ni tanlagani uning kuyovlar kiyinish madaniyatida ham ham originallik bo‘lishini istaganidan bir darakdir. Xullas, u “luxury white” uslubida namoyon bo‘ldi. Xonning o‘ziga xos didi bilan tiktirilgan oppoq kostyum-shim juda yarashgan. Kelinposhshani gapirmasa ham bo‘ladi. O‘zbek kinosining eng go‘zal aktrisasi – Asalning harir to‘y libosida ko‘rganlar faqat unga havas qildi. Xullas, shoubizning eng romantik juftligi – Shohruh va Asal “Osiyo Grand” to‘yxonasi (shu kungacha bo‘lgan) tarixidagi eng shov-shuvli to‘y sababchilariga aylanishdi.
Hammasi ertakdagidek... Ishoning, xuddi shunday. Restoran oppoq rangga burkangan. Bunday nafis dizaynerlik ishini yaratishda Hasan Dekor bor talantini ishga solganday! Kelin va kuyov joy olgan sahna esa butunlay gulga qoplangan!
Mehmonlarning aksariyati kino va musiqa olamining eng mashhurlaridan iborat.
Yulduz Usmonova, Botir Qodirov, Shahzoda, Nilufar Usmonova, “Yalla”, Munisa Rizayeva, Shohruh, Mavluda Asalxo‘jayeva, Lola, Di-djey Piligrim, Asilbek, Ulug‘bek Rahmatullaev, Alisher Fayz, Ziyoda, Shahlo Ahmedova, Tohir Sodiqov, Rayhon kabilar bir juftdan eng xit taronalarini kuylashdi. Raqsga tushmagan esa deyarli qolmadi!
Darvoqe, Rashid Xoliqov va Ozodbek Nazarbekov ko‘rinmadi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Shahzod” yakkaxoni xorijda, Ozodbek viloyatlardan birida xizmat safarida ekan. Biroq, ularning yaqinlari to‘yda mehmon bo‘lishdi.
Eng taniqli boshlovchilar ham terib qo‘yilgan! Do‘stlari bo‘lmish kelin va kuyov uchun chin dildan xizmat qilishdi.
Eng qizig‘i esa suratga tushish uchun turnaqatordek tizilganlar bo‘ldi! Yoshu qari, hofizlar-u muxlislar... hamma esdalik uchun, aniqrog‘i, ijtimoiy tarmoqlarni “portlatish” uchun tinmay kelin-kuyov bilan suratga tushdi! Ularning husniga to‘ymaganlar qayta-qayta suratga tushishdi.
To‘yni kuzata turib, bugungi to‘ylarda eng fayzli san’atkorlar kimligi bobida xulosa qildim. Munisa Rizayeva va Ziyodaning  davra “qizdirish”iga gap yo‘q! Ana ijro, mana mahorat! Modern oq  sarida ko‘ringan bir xonandamizni ko‘rib, Bollivud yulduzlaridan biri  keldimikan deb o‘ylabman! Yo‘q, u o‘zimizning Lola ekan! Epotaj ko‘rinishlari bilan ham tanqidga uchrayotgan, ham katta shov-shuv ko‘tarayotgan bu yulduz jonli kuylab, ko‘pchilikning diqqatini tortdi. Lola xitlari va juda qadrdon do‘sti Di-djey Piligrim bilan “Yulduz” duetini kuylab, duetdoshi – kuyovni va dugonasi – kelinni ajoyib tarzda qutladi!
Piligrimning “Dilim”iga jo‘r bo‘layotgan, xursandchiligi ichiga sig‘mayotgan qaynona – Zebo Navro‘zovaga ko‘zim tushib qoldi. Yolg‘iz ayol boshi bilan uch o‘g‘lonni hech kimdan kam qilmay o‘stirgan, el koriga yaraydigan farzandlarni tarbiya qilgan onaning shodligi kaminaning kayfiyatini ham tog‘dek ko‘tardi. To‘ng‘ichining to‘yi bu kun! Xonadonga eng go‘zal kelin yangi mehmon bo‘lajak kun – bu kun! 
Yuqorida aytganimdek, bir to‘yki, ertakdagidek! Ha, ertakdagidek heppi-end. Yoshlar o‘z murod-maqsadlariga yetdi. Oldinda esa katta hayot yo‘li. Demak, ertak davom etadi. Nurli yo‘l sizlarga, Xon va Asal!
Jasur HAMROYEV 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19108 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shohruhxon va Asal, to'y
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sanobar Baxtlari ham ertakdagidek baxtli yakun bilan tugasn. Qalblari hech qachon ayro bölmasn. Admin töy suratlarini qachon joylaysz iltimos tezroq qöyinlar?!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное