Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

BlackBerry Rossiyadagi vakolatxonasini yopdi

BlackBerry kompaniyasining Moskvadagi ofisi o‘zini oqlamaydigan deb topilib, vaqtinchalik ishini to‘xtatdi.
Bu qarorning rasmiy sabablari oshkor etilmadi. Kompaniyaning Rossiya bozoridan chiqib ketishi haqidagi gaplar joriy yilning bahoridayoq tarqagan edi. O‘shanda kompaniyaning hamkorlari bo‘lgan yirik uyali operatorlar Blackberry Enterprise Service'ga yangi abonentlarning ulanishi to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Shunga qaramay, joriy yilning martida kompaniya Rossiyada bir qator yangi loyihalarni amalga oshirdi.
BlackBerry kompaniyasidagi umumiy vaziyat ham barqaror emas. Kompaniya direktori Jon Chen brend sotilmasligi va smartfonlar bozoridan chiqib ketmasligini ko‘p bora takrorlagan bo‘lishiga qaramay, kompaniya xarajatlarni qisqartirish uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Rossiyadagi vakolatxonaning yopilishi ham o‘zini oqlamaydigan xarajatlarni qisqartirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2175 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Blackberry, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное