Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Bo‘yanishda yo‘l qo‘yiladigan 5 ta xato

Ayol kishini sevgi va kosmetika go‘zal qiladi. Lekin kosmetikadan hamma ham to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi, deb yozadi “Uzbaby.uz” nashri. 
Bo‘yanishda ko‘p xato qilib qo‘yish mumkin, ularni 5 asosiy guruhga bo‘lib ko‘rib chiqishimiz mumkin:
1. Baza (tonal) kremi rangining yuz rangiga mos kelmasligi. 
Baza kremini tanlayotganingizda yuz rangiga nisbatan juda och yoki juda to‘q bo‘lganini tanlamang. Krem shunday tanlanishi lozim-ki, bo‘yin terisi yuz terisidan ajralib turmasin. Buning uchun do‘konda kremni tanlayotganingizda qo‘lingizga emas balki yuzingizning pastgi qismiga surtib ko‘ring. Juda och ko‘ringan rang sizni kasaldek ko‘rsatib qo‘yadi. Juda to‘q rang yuzingiz niqobdek ko‘rinadi.
Eng qulay va oson foydalaniladigan baza kremlari suyuq bo‘ladi. Quyuq baza kremlarini surtganda teriga ko‘p surilib ketib qo‘pol ko‘rinishi mumkin. 
Baza kremini yuzga qo‘l bilan surtish aslo mumkin emas. Suyuq shaklidagi baza kremini bir oz namlangan gubkada yuzga asta-asta surtish lozim. Baza kremini juda kam miqdorda yuz bo‘ylab tarqatib bir xil qalinlikda surtish kerak.
2. Ko‘z tenlarini o‘rniga rumyanadan foydalanish. 
Rumyanalrni ko‘z qovoqlariga sursangiz, ko‘zingiz qizargan bo‘lib ko‘rinadi. Shoshayotgan bo‘lsangiz yoki oldingizda ten bo‘lmasa rumyanalarning faqatgina sut rangini yoki biroz tilla rang qo‘shilgan sut rangligidan foydalanishingiz mumkin.
Ko‘z qovog‘iga ten surayotganizda ko‘zning ichki qismi doimo tashqi qismiga nisbatan ochroq bo‘lishi kerakligi haqida unutmang.
3. Lab atrofini to‘q rangda chizish. 
Lab qalami pomadaga nisbatan to‘q rangda bo‘lmasligi lozim. Aks holda labingiz tabiiy ko‘rinmaydi. Undan tashqari oldin qalamda kontur chiziladi, undan keyin esa pomada surtiladi.
4. "Chizilgan" qoshlar. 
Qoshingizni bo‘yayotganingizda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Qoshlar terilgan va aniq shaklga ega bo‘lishi lozim. Lekin qalamni ishlatayotganizda uni asta-asta qoshingizga tekkazib, shakl keltirish uchun faqat zarur bo‘lgan joylarini bo‘yab qo‘yishingiz mumkin.
5. Labni haddan tashqari ko‘p yaltirlatish.
Labni yaltiratuvchi bo‘yoqni tanlayotganizda quyidagilarga ahamiyat bering:
siz bo‘yoqni deyarli sezmasligingiz lozim;
bo‘yoq dumaloq bo‘lib yig‘ilib qolmasligi lozim;
labda qum bordek sezilmasligi kerak.
Esingizda bo‘lsin, hamma narsa evi bilan chiroyli. Lab bo‘yog‘ini ham, ayniqsa yaltiratuvchi bo‘yoqlarni labga 1-2 marta yurgazsangiz yetarli bo‘ladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6649 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bo'yanish, Ayol, Hato
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное