Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Pazanda - Sad Love
. Pazanda - Soundtrack
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Klon-soundtreck
. Qirolicha - Soundterck
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Bollivud aktrisasi Divya Bxarti fojiasi tafsilotlari

“O‘ldiraman!” Millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan “Devona” filmidagi ushbu xitob va uning maftunkor sohibasini hind kinosi muxlislari aslo unutolmasa kerak.
 ...1990 yillarning boshida Bollivudda yangi “yulduz” charaqlay boshladi. Uning “nur”i ko‘zni qamashtiradigan darajada edi. Divya Bxartining boshni aylantiradigan miqyosdagi mashhurligiga hamkasblari birdek havas qilardi. Biroq Divyaning omad qushi kutilmaganda o‘z o‘rnini noxushlikka bo‘shatib berdi. U 19 yoshida beshinchi qavatdagi uyining oynasidan tushib, jon berdi. Bollivuddagi ko‘pchilik “uni kimdir tashlab yuborgan”, degan fikrda...
Divya qulagan vaqtida uyda uch kishi: dizayner Nita Lulla, ruxshunos Shyam (Nitaning turmush o‘rtog‘i) va oqsoch Amrita bo‘lgan. Oqsoch bolaligidan aktrisa bilan yaqin bo‘lgan. Divyaning o‘limidan so‘ng Amrita kuchli depressiyaga tushib, hatto odamlar bilan muloqot qilmay qo‘yadi.
Qora tun...
 1993 yilning 5 apreli, soat 23:00. Mumbaining g‘arbida joylashgan “Tulsi” nomli turar joyining 5 qavati. Aktrisa bir necha soat avval rieltorlar bilan uchrashuvdan qaytgandi. Chunki ota-onasiga uy olib berish rejasi amalga oshish arafasida edi. Uzoq qidiruvdan so‘ng va nihoyat 4 xonali uy topganidan kayfiyati chog‘ Divya ukasi Kunalga qo‘ng‘iroq qilib, muvaffaqiyatli shartnomasi haqida qayta-qayta gapirib beradi.
Divya Chennaydagi suratga olishdan qaytgan, o‘sha oqshom galdagi filmda tasvirga tushish uchun Xaydarobodga jo‘nashi lozim edi. Biroq yangi uy shartnomalarini yakuniga yetkazib ketishni istaydi. Qolaversa, Xaydaroboddagi prodyuserga qo‘ng‘iroq qilib, chap oyog‘i lat yeganini aytib, u yerga bir kun kechikib borishini aytadi. Kutilmaganda aktrisaga qo‘ng‘iroq qilib, Nitta Lulla va uning turmush o‘rtog‘i bilan uchrashishi kerakligini aytishadi. Va ular Divyaning uyiga kelishadi.
Aytib o‘tish joiz, aktrisa yashagan turar joy boshqa odamning nomida bo‘lgan. Divya tez orada Mavrikiydagi filmda ishtirok etish uchun uchib ketishi rejalashtirilgan. U kinokartinaning dizayneri Nita edi. Mazkur suratga olish ishlaridan so‘ng yangi uyiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgandi. O‘sha oqshom aktrisa qattiq hayajonda bo‘lgan.
Nita va Shyam tungi 22:00da Divyaning uyiga kelib, mehmonxonasidan joy oladi. Stolda vino va viski bo‘lgan. Oqsoch gazak tayyorlagani oshxonaga chiqqan. Nita eri bilan videomagnitofonni qo‘yib, nimadir ko‘rish bilan band. Divya mehmonxonadan turib, oshxonadagi oqsoch bilan suhbatlashardi. Ta’kidlash joiz, mehmonxonada balkon bo‘lmagan. Biroq qiya ochilgan katta oyna bor edi. Kompleksning pasti mashinalar uchun turar joy edi. Lekin o‘sha kuni pastda birorta ham mashina  bo‘lmagan.
Divya nima sababdan oynaga chiqqani noma’lum. Biroq muvozanatni yo‘qotib, beshinchi qavatdan betonga tushgani aniq. Aktrisani shifoxonaga olib ketishayotganida tirik bo‘lgan. Divya jonlantirish bo‘limida vafot etgan. O‘lim sababi qilib esa ensa qismidagi jarohati sabab, og‘ir ichki qon ketish ko‘rsatilgan. Bosh suyagi bir necha yeridan singan.
Milisiya haligacha “aktrisani oynaga chiqishga nima majbur qilgan?” degan savolga javob topa olgani yo‘q. Lekin Divyani yaxshi bilganlar uning bu ishidan hayratlanishmadi. Chunki aktrisa xavfli tryuklar qilish ishqibozi bo‘lgan ekan. Divyaning galdagi tryuki hayotining so‘ngi nuqtasi bo‘ldi... 


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 15382 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Divya Bxarti, fojiasi tafsilotlari, Bollivud aktrisasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
sakora Man gazetada boshqacha ma'lumot o'qigan edim. O'sha kuni Divya ichib olib eri bn urushadi. Eri unga ko'proq kinoga tushib unga ko'proq pul olib kelishini buyuradi. Eri bn deraza oldida urushib turganida bexosdan yiqilib ketadi.
Like | 0
N08888 Juda qobilyatli va 4iroyli aktrisa bolgan xozir undayla umuman yoq. Juhi chavla, madhuri dixit, shri devi ular ham oziga xos xususiyatlaga ega aktrisalar. Iltimos admin ular haqida ham malumot bersangiz oldindan kota rahmat.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное