Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Bollivud aktrisasi Bipasha Basu aktyor Karan Groverga turmushga chiqmoqda

Bollivud aktrisasi va supermodeli Bipasha Basu 30 aprel kuni aktyor Karan Singx Groverga turmushga chiqmoqda. Aktrisa to‘y oldi fotosuratlarini o‘z instagramdagi sahifasiga joyladi.
Ikki juftlik triller-romantika janridagi “Yolg‘iz” (“Alone”, 2015 yil) filmida birga suratga tushishgan va shundan so‘ng, ularning ishqiy sarguzashtlari haqida turli mish-mishlar tarqala boshladi.
37 yoshni qarshilagan Bipasha Basu 2011 yilga qadar aktyor Jon Abraham bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bollivudda ularni “Eng chiroyli juftlik”, deya e’tirof etishgan va barcha muxlislar yulduzlarning turmush qurishlarini intizorlik bilan kutishgan edi. Biroq ularning sevgi qissasi baxtli yakun topmadi.
Bipasha Basu o‘zining “Poyga”, “Tezlik 2”, “Ajnabiy”, “Do‘stimning to‘yi” kabi filmlardagi rollari orqali tanilgan. 
Karan Singx Grover avval ikki marta oila qurgan bo‘lib, u ikkinchi rafiqasi, aktrisa Jennifer Uinget bilan joriy yilning boshida rasman ajrashdi.
 
 


Manba:kun.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 10670 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: aktyor, Bollivud aktrisasi, Bipasha Basu, Karan Grover
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
munisa21 Baxtli buliwsin! !
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное