Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Qirolicha - Soundterck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Pazanda - Soundtrack
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Jumong-soundtreck
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari
Chiroyli, muvaffaqiyatli, iste’dodli va boshi ochiq. Gap “Yandeks Dzen” platformasida e’lon qilingan, 30 dan oshgan Bollivud yulduzlari haqida ketyapti.
Katrina Kaif — 36 yosh

Katrina Kaif bir necha yillardan beri Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri hisoblanadi. U ishtirok etgan filmlar namoyishi muxlislar bilan to‘lib-toshadi. Katrina avvalroq Salmon Xon, Ranbir Kapur bilan munosabatda bo‘lganiga qaramay, ayni vaqtda boshi ochiq.
Parinita Chopra — 31 yosh

Parinitaning debyut “Sevgi isyonchilari” filmida zamonaviy Juliettani jonlantirgan roli, nafaqat muxlislar, balki kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholangan. Ammo so‘nggi vaqtlarda, aktrisa karyerasida o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanmayapti. Shunga qaramasdan u o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rishdan to‘xtamaydi. Bir vaqtlar rejissor Manish Sharma bilan uchrashib yurgan aktrisaning, ayni damda shaxsiy hayotida hech kim yo‘q.
Tabu — 48 yosh

Yosh va go‘zal Tabu Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri, u ijrosidagi rollar hamisha qiziqarli va esda qolarli ekani bilan ajralib turadi. Karyerasida muvaffaqiyatga erishgan aktrisaning shaxsiy hayotda omadi chopmagan, u avvalroq oilali aktyor Nagarjunga ilakishib qolgan. Hozir esa boshi ochiq.
Sonakshi Sinxa — 32 yosh

Sonakshi ilk faoliyatini Salmon Xon bilan birga suratga tushgan “Qo‘rqmas” filmidan boshlagan. U hind muxlislarini, qiyofasi va milliy kiyinish uslubi bilan o‘ziga rom qilgan. Aktrisa bergan intervyulardan birida taniqli aktyor bilan iliq munosabatda bo‘lganini ta’kidlagan, ammo “mashhur janob X” kim ekanini bilish hech kimga nasib qilmagan.
Kangana Ranaut — 33 yosh

Iste’dodli aktrisalardan biri hisoblangan Kangana, uch marotaba milliy film mukofotini olishga muyassar bo‘lgan. Kangana avvalroq, Aditya Panchol va Ritik Roshan bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.
Shraddxa Kapur — 33 yosh

Shraddxa nafaqat aktrisa, balki qo‘shiqchi sifatida ham tanilib ulgurgan. U hamkasblaridan Aditya Roy Kapur va Farxan Axtar bilan sevishgan.
Jaklin Fernandes — 34 yosh

“Miss Shri Lanka-2006” deb e’tirof etilgan Jaklin, Bollivudga “Olovuddin” filmidagi roli orqali qadam qo‘ygan. U va rejissor Sadjid Xan o‘​rtasida suratga olish jarayonlaridan birida boshlangan munosabatlar, uzoqqa bormagan. Ammo aktrisa ruhan tushkunlikka tushmagan buni rejissordan keyin davomiy bo‘lgan oshiqlar ro‘yxatidan ham bilish mumkin. Shayh Hasan bin Rashid, Bahrayn shahzodasi, amerikalik aktyor Adam Kalder, shuningdek, Salmon Xon va Arjun Kapur bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Jaklin hayotida ayni damda hech kim yo‘q.


Manba:daryo.uz
Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 16033 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bollivud, aktrisalar, boshi ochiq, 30 dan oshgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное