Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Klon-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Osiyo-Soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jismoniy kamchiliklari muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qila olmagan Bollivud yulduzi Ritik Roshan 48 yoshda (foto)

Bollivudning mahoratli aktyori Ritik Roshan 2022-yil 10-yanvar kuni 48 yoshni qarshi oldi.

Ritik Nagratx Roshan – Bollivud aktyori, hind kinosining eng yorqin timsollaridan biri. Bir nechta Filmfare mukofotlari sohibi 1974-yilda tug‘ilgan. U otasi Rakesh Roshan prodyuserlik va rejissorlik qilgan filmlarda eng yaxshi rollarni o‘ynagan: “Varraklar”, “Sen yolg‘iz emassan”, “Sevaman deb ayt!” va boshqalar shular jumlasidan.

Mashaqqatga boy bolalik

Aktyorning onasi Pinki Roshan ham asktrisa bo‘lib, Ritik tug‘ilganida ayolning qarindoshlari qachondir u o‘g‘lining muvaffaqiyatlari bilan faxrlanishini bashorat qilishgan. Uning turmush o‘rtog‘i, rejissor Rakesh Roshanning so‘zlariga ko‘ra, Ritik aktyorlik faoliyatida bunday cho‘qqilarni zabt etishini hech kim tasavvur ham qilmagan. Aytgancha, Ritikning katta singlisi Sunaina Roshan ham aktrisa, ammo u Hindistondagina mashhurlikka erishgan.

Bolaligida bo‘lajak aktyor juda ham sho‘x bo‘lgan. U tug‘ilganda Pinki atigi 21 yoshda edi va aktrisalik karyerasini onalik bilan uyg‘unlashtirishga harakat qildi. Otasi Rakesh deyarli bor vaqtini ishga bag‘ishladi. Bir kuni, ota-onasi ziyofatga ketganida kichkintoy Ritik ko‘p qavatli uyning 13-qavatiga ko‘tarilib, yo‘lovchilarga pivo idishlarini uloqtira boshladi. Er-xotin uyga qaytib, bu holatni ko‘rgach, Rakesh o‘g‘lini birinchi marta urdi, keyinchalik u pushaymon bo‘ldi, chunki rejissorning so‘zlariga ko‘ra, Ritik bunga loyiq emasdi. U ruhan hissiyotlarga beriluvchan va yig‘loqi edi. Uning tarbiyasidagi barcha kamchiliklar e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan bartaraf etildi.

Ritik Roshan tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan, uning o‘ng qo‘lidagi barmog‘lari oltita. Ota-ona o‘g‘li uchun orticha barmoqni olib tashlamaslikka qaror qildi. Qolaversa, Ritik 6 yoshida duduqlana boshladi va buning uchun uni Mumbaydagi Shotlandiya maktabidagi sinfdoshlari masxara qilardi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u yer jahannamning o‘zginasi bo‘lgan. “Gapni boshlamaguningizcha hamma narsa yaxshidek tuyiladi. Gapni boshlaganingizdan keyin tiqilib qolasiz. Nima uchunligi noma’lum. Yuragingiz tezlashadi va shuni anglaysizki, odamlar sizga qaramoqda”.

Nutqdagi nuqsoni tufayli kelajakda Bollivudning eng yorqin yulduzi xuddi olovdan qo‘rqqandek og‘zaki imtihonlardan qo‘rqardi. Ulardan qochish uchun imtihon kuni u o‘zini kasaldek ko‘rsatardi yoki ataylab qo‘lini sindirar edi. 14 yoshida Ritik logopedga tashrif buyurishni boshladi. Mashg‘ulotlar unga nuqsonni yengishga yordam berdi, ammo butunlay tuzalmadi.

Kinodagi karyera

U o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Sydenham savdo va iqtisodiyot kollejida bakalavr darajasini oldi. Shu bilan birga, u uchinchi rejissor yordamchisi sifatida “Kolya” filmini suratga olishda otasiga yordam berishni boshladi. Oddiy hind yigitlari tungi klublarga yugurib, go‘zal qizlar bilan do‘stlashadigan yoshda, u sport bilan shug‘ullandi, diksiya ustida ishladi va professional kameralar imkoniyatlarini o‘rgandi. U suratga olish guruhi a’zolarining yodida “Hammasi suratga olish uchun tayyor, ser”, degan so‘zlar bilan qoldi.

2000-yilda Ritik otasining “Sevishingni ayt” filmida debyut qildi. Rakesh Roshan aslida Shohrux Xonni suratga olmoqchi edi, ammo loyihani muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishda rejissor kutilmaganda bu rol uchun yangi chehra tanlash kerakligini e’lon qildi. Ritik sinovda bir vaqtning o‘zida bir emas, ikkita rolga ega bo‘ldi: qahramon Amisha Patelga oshiq kambag‘al yigit va uning badavlat oiladan bo‘lgan juftligi.

Yosh aktyor “FilmFare” mukofotining eng yaxshi aktyori nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Aktyor 2002-yilda “Sevgi tufayli aqldan ozaman” filmida rol o‘ynadi, yana ikkita loyihada ishtirok etdi. Uchala film ham muvaffaqiyatga erishmadi. Tanqidchilar uning otasining yordamisiz hech narsaga qodir emasligini aytishdi va karyerasi yaqin orada tugashini qo‘shimcha qilishdi. Ammo aktyor o‘zini yo‘qotmadi: “Men muammolarni hal qila olaman, shuning uchun men muammolarni yaxshi ko‘raman. Ular meni rag‘batlantiradi”.

Ritik 2006-yilda o‘z mavqeyini tiklay oldi. “Doom-2: Ishga qaytish” filmi unga Ayshvarya Ray va Uday Chopra kabi yulduzlar bilan birgalikda rol o‘ynash imkoniyatini berdi.

O‘sha yili namoyish etilgan fantastik blokbaster “Krish” butun dunyo bo‘ylab katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu filmda Ritik super qahramon Krishna Mehra rolini o‘ynadi.

Shaxsiy hayot

2000-yilda aktyor interyer dizayneri Suzanna Xonga uylandi. Qizig‘i shundaki, juftlik svetoforda, har biri o‘z mashinasining boshqaruvida uchrashib qolgan. Ularning Ridan va Rehan ismli ikki farzandi bor. Afsuski, 2013-yilda er-xotin ajrashdi. Syuzannaning so‘zlariga ko‘ra, eri suratga olish maydonchasidagi partnyorlari bilan bir necha bor unga xiyonat qilgan. Ajrimdan keyin Suzanna va Roshan do‘stona munosabatlarni saqlab qoldi.

Roshanning o‘zi esa duduqlanishdan xalos bo‘lmagan, ammo endi bu haqda tashvishlanmaydi. Sobiq turmush o‘rtoqlar ko‘pincha bolalar bilan birga sayrga chiqadi. 2018-yilda juftlik qayta turmush qurishi mumkinligini e’lon qilgan.

2019-yil yanvar oyida uning otasi Rakeshga tomoq saratoni tashxisi qo‘yilgan va uning otasi bu kasallik bilan kurashib kelmoqda. O‘sha yili aktyorning oilasida katta kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. Bunga sabab aktyorning singlisi Sunainaning musulmon erkak bilan o‘rnatgan aloqasi edi. Qizning tanloviga butun oila qarshilik ko‘rsatdi va otasi hattoki uni kaltaklashgacha bordi. Aktyorning o‘zi esa singlisida haqiqatan ham ruhiy muammolar borligini va unga ishonish mumkin emasligini ta’kidlagan.

Bir necha yil oldin Sunaina klinik depressiyani boshdan kechirdi va 140 kilogramm vaznga ega bo‘lib, hayotga qiziqishini butunlay yo‘qotdi. Aktyor uni oshqozon hajmini kamaytirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga ko‘ndirdi, buning natijasida ayol 70 kilogrammga ozdi.

Ritik Roshan hozirda

2021-yilning oktabrida Ritik Roshan tamil filmi “Vikram Vedha”ning hind tilidagi remeykini suratga olish ishlarida ishtirok etishni boshlab yubordi. Shuningdek, aktyor “Ramayana”ning yangi versiyasida Dipika Padukone bilan suratga tushadi. Ular Ram va Sitani gavdalantirishi kutilayotgan loyihada Ranbir Kapur ham rol ijro qiladi.

Qolaversa, aktyor “Krish 4” filmida ham suratga tushib, bosh qahramonni gavdalantiradi. Muxlislar anchadan intiqlik bilan kutayotganiga qaramay, “Krish-4”ning suratga olishni boshlash biroz cho‘zilgan, rejissor Rakesh Roshan esa buning boisi bir necha sabab bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Shuningdek, u ssenariy ustida ishlash hali yakuniga yetmaganini ma’lum qilgan. Ritik Roshan “Vikram Vedha” va “Jangchi”dan keyin “Krish-4”ning suratga olish ishlarida ishtirok etishni boshlab yuboradi.

 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2370 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jismoniy, erishishiga, 48, kamchiliklari, Roshan, Bollivud, yoshda, olmagan, muvaffaqiyatga, qila, to‘sqinlik, yulduzi, Ritik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное