Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Botir Qodirov xatolarini tan oldi (intervyu to‘liq talqinda)

Gazetamizning o‘tgan sonida Botir Qodirovning yakkaxon konsert dasturiga jurnalistlarning kiritilmaganligi bilan bog‘liq surishtiruv maqola chop etgandik. Ushbu maqola yoritilishidan bir oz avval xonandaning prodyuseri Abror Po‘latov tahririyatimizga kelib, Botir Qodirovning o‘zi ham ushbu vaziyatga oydinlik kiritmoqchiligini, lekin hozir vaqti yo‘qligini, bir-ikki kundan keyin intervyu berishini aytdi. Tabiiyki, biz rozi bo‘ldik. Maqola chop etilgandan so‘ng Botir Qodirov va uning prodyuseri tahririyatimizga kirib kelishdi. Mehmon kutish odobiga ko‘ra gapni uzoqdan boshladik...
  • Eshitishimizcha, 21-22-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturingizga qattiq tayyorgarlik ko‘rgan ekansiz. Natijalar siz kutgandek bo‘ldimi?  Taassurotlaringiz haqida  so‘zlab bersangiz. 
— Ochig‘ini aytsam, biz konsertga juda katta tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo g‘oyalarimizning atigi ikki foizini bajara oldik, deb o‘ylayman. 98 foiz g‘oya va rejalarimiz amalga oshmay qolib ketdi. Yangilik sifatida xalqaro prodyuser, indoneziyalik Frank Raden bilan ishlaganimizni ta’kidlash mumkin. Ayniqsa Fransiyada tayyorlangan,  “Jim turing” qo‘shig‘i falsafasi asosida yaratilgan maxsus roligimiz muxlislarga manzur bo‘ldi.
— Jonli ijroda kuylash uchun ovoz imkoniyatlaringiz yetarli bo‘la turib, konsertda qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etibsiz. Konsertga kirganlar aytishdi.    
— To‘g‘ri, ovoz imkoniyatlarim   yetarli. Ammo “Istiqlol”  san’at saroyining  texnikasi mening talabimga javob bermaydi. Hamma san’atkorning bu borada o‘z talabi va didi bor. Ammo shuni aytishim mumkinki, xorijda bo‘lib o‘tadigan barcha konsertlarda jonli ijroda kuylayman.
— Konsert boshlanishidan avval yuz bergan mashmashalar, ya’ni konsertga jurnalistlarning  kiritilmaganini qanday izohlaysiz?  
— Men konsertga jurnalistlarning kiritilmayotganini sahnaga chiqishimdan biroz avval eshitdim va ochig‘i  hayron bo‘ldim. Shuningdek, bunga oydinlik kiritish uchun  qo‘riqlash xizmati xodimlarining oldiga shaxsan o‘zim borib, jurnalistlar nega kiritilmayotganini so‘radim. Qo‘riqlash xizmati xodimlari san’at saroyi direktori jurnalistlarni konsertga kiritmaslik haqida buyruq berganini aytdi. Shundan keyin konsertni boshlash vaqti yetgani bois shoshib sahnaga chiqib ketdim. Bilganim shu...
— Prodyuseringiz o‘sha kuni jurnalistlarni kiritmaslik g‘oyasini taklifnoma tegmay qolgan qo‘riqlash xizmati o‘ylab topganini aytgandi. Ammo biz qo‘riqlash xizmati boshlig‘i bilan shaxsan uchrashib, prodyuseringiz yolg‘on ko‘rsatma berganini aniqladik.
— Konsert ham elga to‘y berishdek gap. Xato-kamchiliklar bo‘ladi, prodyuserim shoshganidan o‘ylamay gapirib yuborgan. Uning uchun ham jurnalistlardan men uzr so‘rayman.
— Qolaversa, siz sahnaga chiqayotib chekkaningiz va  shu sabab ma’muriy javobgarlikka tortilganingizni ham eshitdik.  
— To‘g‘risini aytsam, rostdan ham chekaman. O‘sha kuni kiyinish xonasida chekkanim ham rost. Endi boshlagandim hamki, o‘t o‘chirish va qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelishdi va menga jarima solishdi. Aslida kiyinish xonasida chekish mumkin emas deb yozib qo‘yilmagan edi.
— Grimxona oynalarini nega sindirdingiz?
  • Men nashrga ruxsat bermagan kitob chiqqani va sotilganidan xabar topganimdan so‘ng  prodyuserlarimga jahl qildim, buni tan olaman. Lekin oynani men sindirmadim...
  • Buyog‘i qiziq bo‘ldi-ku! Prodyuseringiz ham, san’at saroyi rahbariyati ham bu sizning ishingiz ekanini ta’qidlashdi.
  • Bu prodyuserlarimning ishi. O‘sha kitob masalasida men ularga qattiq gapirdim va prodyuserim jahl ustida eshikni tepib ochgandi, oynasi chil-chil bo‘ldi.
  • Demak prodyuseringiz bilan janjallashganingizda eshik singan, shundaymi?
  • Shunday. Bu ishimiz uchun ham san’at saroyi bizni jarimaga tortdi.
— Bo‘lib o‘tgan voqealardan qanday xulosa chiqardingiz? 
—  Yuzaga kelgan anglashilmovchiliklardan, jurnalistlarning konsertga kiritilmaganligidan  ochig‘i, o‘zim ham xijolatdaman. Ish  bor joyda kamchilik bo‘larkan.  Shu bois fursatdan foydalanib barcha matbuot xodimlaridan uzr so‘rayman! Bu hol qayta takrorlanmasligiga keyingi konsert dasturlarimda tashkiliy ishlarga ham jiddiyroq e’tibor berishga so‘z beraman.
   Mohichehra EShMIRZAYEVA suhbatlashdi


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7793 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Botir Qodirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное