Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Botir Qodirov Sardor Mamadalievdan g‘azabda

Sardor Mamadaliev yana birovning qo‘shig‘ini kuyladi. Botir Qodirov esa arz qildi. Qo‘shiq kimniki?
Xonanda Botir Qodirov 21-22-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor. Konsert o‘tib bo‘lgan bo‘lsa-da uning ortidagi gap so‘zlar, ta’bir joiz bo‘lsa mashmashalar hali ham barham topganicha yo‘q. Xususan, respublikamizdagi eng ommabop nashrlardan biri bo‘lgan “Darakchi” gazetasi o‘zining internetdagi sahifasida Botir Qodirovning konserti bilan bog‘liq mashmashalar va bunga “Istiqlol” san’at saroyi direktorining munosabati, janjalga sababchi bo‘lgan jurnalist haqidagi faktlar tez orada oshkor etilishini ma’lum qilgan edi.

Biroz avval xonandaning ma’muri bizga qo‘ng‘iroq qilib, konsertdan so‘ng yana bir muammo chiqqanini aytib qoldi. Uning ma’lum qilishicha, xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan navbatdagi konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Rahmatovning aktrisa va shoira Ra’no Yarasheva so‘zi bilan ijro etilgan “Yig‘latur” nomli qo‘shig‘ini qayta kuylab chiqqan. Gap shundaki, konsert o‘tganidan so‘ng xonanda Sardor Mamadaliev qo‘shiqni Botir Qodirov kuylaganidan xabardor bo‘la turib, “Yig‘latur”ni radioto‘lqinlar orqali premera qilgan.  Botir Qodirov esa mazkur qo‘shiqni 2006 yildan buyon Kamoliddin Rahmatovdan ruxsat olib kuylayotganini aytyapti. Va bu haqda Mamadalievni ogohlantirganini ham ma’lum qildi.

Sardor Mamadalievning shu bugungi qadar shou-biznesda bosib o‘tgan yo‘liga e’tibor qaratsak, bundan avval ham u ko‘pgina xonandalarning qo‘shiqlarini kuylab chiqqaniga bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva 2012 yilda o‘z volidasiga atab shoira Farida Afro‘zga “Bolam onang qariyapti” nomli she’r yozdirib, uni “Istiqlol” san’at saroyidagi konsertda kuylab chiqdi. Sardor Mamadaliev esa bu qo‘shiqni na Farida Afro‘zdan va na uning birinchi ijrochisi Mavluda Asalxo‘jayevadan ruxsat so‘ramay “Do‘stim onang qariyapti” deya qayta kuyladi. Botir Qodirov va Sardor Mamadaliev o‘rtasidagi mashmashaga oydinlik  kiritish maqsadida, “Yig‘latur”ning she’ri muallifi Ra’no Yarashevaga qo‘ng‘iroq qildik.

Ra’no Yarasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
— Botir Qodirovning bu qo‘shiqni avval ham kuylab yurganini eshitganman. Bilishimcha, qo‘shiqni kuylashiga Kamoliddin Rahmatovning shaxsan o‘zlari ruxsat berganlar. Keyin xonandaning o‘zi ham yonimga kelib “Yig‘latur”ni qayta kuylagani aytgandi.  Lekin Sardor Mamadaliev she’rimni qo‘shiq qilib kuylamoqchiligi haqida meni xabardor qilmagandi. Balki lozim topmagandir.(!) Lekin uning bu qo‘shiqni ijro etishiga e’tirozim yo‘q
 
Bir qo‘shiqning ortidan kelib chiqayotgan mashmashalar oxir-oqibat ikki xonandaning bir-biriga dushman bo‘lib qolishiga ham sabab bo‘lmasmikin? Ustiga-ustak qo‘shiqni Botir Qodirov va Sardor Mamadaliyevgacha boshqa xonandalar ham kuylagan bo‘lsa, ayuxannos solishdan ne naf?  Biz masalaga xolisona yondashish maqsadida, xonanda Sardor Mamadalievning prodyuseri Najmiddin Hamidovga ham qo‘ng‘iroq qildik.

Najmiddin Hamidov:
— Botir Qodirovning ijodini juda hurmat qilamiz. Bu qo‘shiqni garchi konsertimizdan avval kuylagan bo‘lsak-da unga bo‘lgan hurmat sabab, ommaga taqdim etmay turgan edik. Umrboqiy, klassik qo‘shiqlarni qayta ijro etishning yomon joyi yo‘q. Har kimning o‘z muxlisi va tinglovchisi bor. Botir Qodirovga esa hech qanday e’tirozimiz yo‘q.

Sardor Mamadaliev shu bugungacha bir qancha ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini kuylab chiqdi. Buning ortida o‘sha qo‘shiqlarni yosh avlodga ham yetkazish va ustoz san’atkorlarga hurmat ko‘rsatish yotibdi.
 
Umuman olganda, shou-biznesimizda bu kabi holatlar juda ko‘p bor uchragan. Qo‘shiqlar bir necha marta kuylangani bilan, ular orasida bittasi yillar chig‘irig‘idan o‘tib yashab qolishinining bir necha bor guvohi bo‘lganmiz. Muxlislarga bu qo‘shiqning Botir Qodirov kuylagani manzur bo‘larmikin yoki Sardor Mamadalievning talqini? Buni esa vaqt ko‘rsatadi. “Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi” deganlaridek ikki xonandaga ham ijodining avj pallasida bir qo‘shiqni deb muxlislar oldida izza bo‘lmasliklarini maslahat bergan bo‘lardik. E’tiboringizga esa xonanda Botir Qodirov va Sardor Mamadaliev ijrosidagi “Yig‘latur” taronasini taqdim etamiz. Siz uni saytning musiqa bo‘limidan tinglashingiz va ko‘chirib olishingiz mumkin. Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 14847 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Botir Qodirov, Sardor Mamadaliev, g‘azabda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
abbos996 Botir Qodirov aytganini ewitmadimu lekin Sardor Mamadaliyev yaxwi etibdi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное