Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Pazanda - Soundtrack
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Britaniyadagi zavodlar yoppasiga yopilishi mumkin
Buyuk Britaniyadagi 10 korxonadan oltitasi elektr energiyasi narxi oshishi sababli yopilishi mumkin. Bu haqda Britaniya ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini ifodalovchi “Make Uk” guruhi tadqiqotiga asoslanib, “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Tadqiqotga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilarning deyarli yarmi o‘tgan yili elektr energiyasi uchun to‘lovlarni oshishini boshdan kechirgan. Zavodlarning 13 foizi hozirda ish vaqtini qisqartirmoqda, 7 foizi esa ishlab chiqarishni uzoqroq muddatga to‘xtatmoqda.

“Hukumat favqulodda choralarga muhtoj. Biz allaqachon global raqobatchilarimizdan ortda qolganmiz”, deydi “Make Uk” bosh direktori Stiven Fipson.

Guruh sanoatdagi inqirozning oldini olish uchun hukumat ko‘rishi kerak bo‘lgan bir qator choralarni taklif qilgan. Jumladan, elektr energiyasi uchun to‘lovlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 20 foizdan 5 foizga kamaytirish, qurilish va uskunalar uchun imtiyozlarini kengaytirish, sug‘urta mukofotlarini oshirishni rad etish kabilar.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti va sanksiyalar fonida Yevropada elektr energiyasi narxi ko‘tarildi. Oqibatda Yevropa davlatlari oziq-ovqat va kommunal xizmatlar narxlarining rekord darajada oshishi bilan yuzma-yuz kelmoqda.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1141 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Britaniya, yoppasiga, yopilishi, zavodlar, mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное