Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bu yil ham shakar tanqisligi yuzaga keladimi?

Joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida “Xorazm shakar” AJ QK va “Angren shakar” MChJ XK vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda respublika bozorlaridagi shakar mahsuloti narxi ustidan olib borilgan monitoring natijalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Qo‘mita tomonidan doimiy ravishda amalga oshirib kelinayotgan monitoring natijasida, joriy yilning yanvar oyidan e’tiboran, shakarning narxi chakana savdo shaxobchalarida 2900 so‘mdan 3200 so‘mni tashkil etgan, bunda shakarning deklarasiyalangan narxi 2298 so‘mni va o‘rtacha birja narxi 2413 so‘m bo‘lgan.
Biroq, joriy yilning 9 aprelidan 14 apreligacha shakarning chakana narxi 3500 so‘mdan 4000 so‘mgacha ko‘tarilgan.
Ushbu vaziyat yuzasidan shakar ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari tomonidan quyidagi ma’lumotlar keltirildi, ya’ni joriy yilning yanvar-aprel oylarida shakar sotilishining o‘sish sur’ati o‘tgan 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 170 foizni, aprel oyida esa 135 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, shakar ishlab chiqarish uchun yetkazib berilgan xom-ashyo joriy yilning aprel oyida o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 2 marotaba ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, shakar ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan iste’molchilarga cheklanmagan hajmlarda shakar yetkazib berish amalga oshirilgan.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, shakar mahsulotining chakana narxining oshishiga ba’zi bir insofsiz ulgurji va chakana yetkazib beruvchilar tomonidan pishiqchilik mavsumi yaqinlashgani sababli sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi hamda 2014 yilning may-iyul oylarida ham shakar narxini oshishi kuzatilgani sababli, aholi tomonidan me’yoridan ko‘p shakar sotib olinishiga bo‘lgan urinishlari sabab bo‘lgan.
 
Shakar mahsulotining chakana narxini oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulot taqchilligini yuzaga keltirmaslik maqsadida, “Xorazm shakar” AJ QK va “Angren shakar” MChJ XK tomonidan shakar mahsulotini ishlab chiqarish xajmlarini oshirish va mavsumiy talabdan kelib chiqqan holda shakarni yetarli hajmlarda yetkazib berishga tayyor ekanliklari ma’lum qilindi.
Ta’kidlash joizki, ko‘rilgan choralar natijasida bozor va do‘konlarda 1 kg shakarning narxi barqaror ravishda 2900 so‘mdan 3200 so‘mni tashkil etmoqda.
Manba:darakchi.uz


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3342 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shakar, shakar tanqisligi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное