Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

​Bugun barcha maktablarda so`nggi qo`ng`iroq jarangladi



Bugun mamlakatimizning barcha umumta`lim maktablarida so`nggi qo`ng`iroq yangradi, “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari ko`tarinki ruhda tashkil etildi. 

Tadbir o`quvchilarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g`oyasini, xalqimizning yuksak ma`naviyati va insonparvarlik an`analariga sadoqat tuyg`usini chuqur singdirish, ularda kelajakka ishonch, keksalarga va ustozlarga hurmat-ehtirom, Vatanga muhabat kabi tuyg`ularni shakllantirishga hamda zamonaviy kasb-hunarga ega bo`lish ishtiyoqini jonlantirishga yo`naltirildi.

“Xayr maktab - salom kollej” tadbirlarida o`quv yili sarhisob qilinib, sport musobaqalari, musiqa tanlovlari, bilimlar bellashuvi va umuman maktab hayotida faol ishtirok etgan faol iqtidorli o`quvchilar hamda fidoyi o`qituvchilar taqdirlandi.

Aytish joizki, 2016-2017 o`quv yili davomida umumta`lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 467 019 nafar o`quvchini ta`limning keyingi bosqichiga to`liq qamrab olish maqsadida bir necha bor “So`rovnoma”lar o`tkazilib, ularning akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida o`qishni davom ettirish istagi aniqlandi.

So`rovnoma natijalariga ko`ra bitiruvchilarning 44 900 nafari (9,2%)akademik liseylarda, 424 229 nafari (90,8%)esa kasb-hunar kollejlarida o`qish niyatida ekanini bildirgan.

Qisqa satrlarda:

Xalq ta`limi vazirligi tizimida 9680 ta umumta`lim maktabi, 4893 ta maktabgacha ta`lim muassasasi 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat ko`rsatmoqda;
2017 yil investisiya dasturiga muvofiq 477 ta maktablarda qurilish ta`mirlash ishlari olib borilayotgan bo`lsa, jami 877 ta umumta`lim maktablari mebel o`quv-labaratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikalari va sport anjomlari bilan jihozlanadi;
2016-2017 o`quv yilida 525 nomdagi 26 mln. nusxa darsliklar chop etilib, umumta`lim maktablariga etkazib berildi.
2016/2017 o`quv yilida ilk marotaba aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar forumi o`tkazildi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3173 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xayr, Maktab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное