Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Toshkentda “SINIY KIT” o`yini ishtirokchisiga aylangan qariyb 40 nafar o`quvchi aniqlandi




O`zbekistonda voyaga etmagan bolalarning o`limga olib boruvchi o`yinlar ishtirokchisiga aylanib borayotganligi bugun barchamizga ma`lum. Bugunga qadar huquq-tartibot organlari tomonidan o`z joniga qasd qilish darajasigacha olib boruvchi o`yinlarga kirib ketayotgan voyaga etmagan bolalarni saqlab qolish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev haftaning payshanba kunini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e`lon qilishi munosabati bilan har hafta shu kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berilmoqda.

Bugungi kunda yoshlar va voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik, eng achinarlisi, ular tomonidan Internet ijtimoiy tarmoqlarida ommalashib borayotgan “SINIY KIT” va boshqa shu kabi o`z joniga qasd qilish darajasigacha olib boruvchi o`yinlarga kirib ketayotganligi barchamizni tashvishga solmoqda.

Olib borilayotgan “Davomad” tadbirlari davomida har bir o`quvchi-yoshlarning uyali telefon apparati tekshirilganda, 31 ta maktab va 5 ta kollej o`quvchilari “SINIY KIT” o`yini ishtirokchilariga aylanganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaev ma`lumot berdi.

Har bir o`quvchilarning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbatlar o`tkazildi, ularga malakali psixologlar biriktirilib, kuzatuv ostiga olindi.

Hozirgi kunda barcha voyaga etmaganlar o`rtasida bunday salbiy holatlarni oldini olish borasida barcha ta`lim muassasalarida sayyor uchrashuvlar o`tkazilib kelinmoqda.

Ta`lim muassasalarining o`quvchi yoshlari, ularning ota-onalari o`rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktika tadbirlariga qaramasdan maktab, kollej va lisey o`quvchilari turli sabablarga ko`ra dars mashg`ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.

Bunday holatlarni oldini olish maqsadida, ta`lim muassasalarida o`qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o`tkazildi, ota-onalarga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi.


 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6751 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o'yin, Maktab, siniy kiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
asalqiz96 Nma keragi bor ekana bunaqa oyinni...
Narmalni o'yinla kopku...
Like | 0
NuR_KR Ex bolla B)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное