Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Burak O‘zchivit qaerlarda yuribdi?


“Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol roli orqali o‘zbek tomoshabinlarining sevimli qahramoniga aylangan Burak O‘zchivit hozir qaerda?

Ushbu savolga javob topish uchun turkiyalik jurnalistlar ham ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keldi. Darvoqe, ular Burakni izlashlariga sabab bor.

U o‘ynayotgan “Jon fido” filmining suratga olish ishlari yakunlandi. Burak esa so‘nggi kartina tasmaga muhrlangach, oradan ikki-uch kun o‘tsa hamki ko‘rinmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun Burak rafiqasi Fahriya Evjanni olib, Afrikaga ketib qolgan ekan.

Turkiyadan qariyb 10 ming kilometr uzoqlikdagi Afrika davlatida ayni paytda juftlik maroqli hordiq chiqarmoqda.

Taniqli juftli ortiqcha shov-shuvlardan holi bo‘lish maqsadida Janubiy Afrika davlatini tanlashgan. Biroq, ularning olisga “qochib” ketishgani ham foyda bermadi.

Jurnalistlar baribir, juftlikni izlab topishdi. Hattoki mehmonxonaga kuniga qanchadan pul to‘lashayotganini ham aniqlashdi: 3 ming lira (taxminan 1,5 ming AQSh dollari).

Akmalxon Eshonxonov



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6797 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное