Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

"Sevgi iztirobi" (Kara sevda) serialining yana bir sevimli qahramoni hayoti va ijodi

Bir necha kunlardan beri ma'lumki, Zo'r TV kanali orqali Turkiyaning eng reytingi yuqori seriallardan biri bo'lgan "Kara sevda" (Sevgi iztirobi) serialining o'zbek tilidagi namoyishi kutilmoqda. Biz saytimiz orqali ushbu serial haqida qisqacha ma'lumot va bosh rol ijrochilarining hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib borishni va'da qilgandik. Bugun ham ana shu serialning yana bir qahramoni, serialda Asu ismli qizning rolini mahorat bilan gavdalantirgan go'zal aktrisa Melisa Asli Pamuk haqida ma'lumot berishni lozim topdik. 


Melissa Asli Pamuk 1991 yil 14 aprelda Niderlandiyaning Xarlam shahrida tug’ilgan. Uning bolaligi ham shu yerda o’tgan. Uning oilasi san’atga aloqador insonlar bo’lishiga qaramasdan, Melisa bu sohadan ketishni aslo hayoliga ham keltirmagandi. Uning xolasi aktrisa bo’lgan, otasi ham san’atkor bo’lgan. Melissa estetik jarroh bo’lishnni orzu qilardi. Ammo 13 yoshida ilk bor “Dat zit wel snor” filmida bosh rolni ijro etdi.  Shundan so’ng Melissa Asli Pamukning modellik sohasi, keyinchalik aktrisalik bo’yicha ishlari boshlanib ketdi. U ko’p bor reklama roliklari uchun, jurnal muqovalari uchun suratga tushdi. Moda namoyishlarida ishtirok etdi.   


Vaqti kelib Melisa modellik sohasi uning uchun emasligini tushunib yetadi va Amsterdam universitetining Psixologiya fakultetiga o’qishga kiradi. Ammo o’qishni oxirigacha tugatmaydi. Gollandiyadagi hayotdan biroz dam olish maqsadida Melisa Istambulga ko’chib keladi. U hayotida qandaydur o’zgarishlar sodir bo’lishini hohlardi. Shuning uchun  “Miss Turkiya” tanlovida qatnashadi. 2011-yil 2 iyunda “Miss Turkiya” tanlovida g’olib chiqib, undan oldin g’oliblikni qo’lga kiritgan Gizem Memich qo’lidan tojni qabul qiladi.


2012 yilda “Yer Gök Aşk” serialida rol qo’lgan kiritgandan so’ng, o’zini aktyorlik sohasida sinab ko’rishni hohlaydi. Turk tilini yanada ham o’zlashtirish maqsadida sahna nutqi va diktorlik kurslariga qatnay boshlaydi. Bundan tashqari Melisa ingliz, nemis, golland va biroz fransuz tillarini mukammal biladi. Aktyorlik mahorati bo’yicha bir necha ustozlardan dars oladi.  Мелиса так же в совершенстве владеет английским, немецким, голландским и немного французским языком. Посещала много уроков актерского мастерства у разных преподавателей. 2014-yil aktrisa uchun suratga tushishga boy yil bo’ldi desa bo’ladi. 2015-yilda esa Melisa Pamuk “Kara sevda”(Sevgi iztirobi) serialida Asu Alajahan rolini ijro etishga muvaffaq bo’ladi.




O’zining intervyularida Melisa sport usulida kiyinishni yaxshi ko’rishini, sevimli kiyim markasi “Balmain” ekanligini va Zahair Muradning kolleksiyalarini ham yoqtirishini aytgan. Sport aktrisa hayotining ajralmas qismi deyish ham mumkin.

2012-yildan buyon aktyor Tolga Sala bilan uchrashib yuradi.


Melisa Asli Pamuk ijrosidagi seriallar:

Sevgi iztirobi / Kara Sevda ... Asu Alacahan (2015)
Ey, Istanbul! / Ulan İstanbul ... Zeynep (2014)
Kurt Seyit va Shura / Kurt Seyit ve Şura ... Ayşe (2014)
Har sevgi – yangi ayriliq / Her Sevda Bir Veda ... Azade (2014)
Osmon va yer oralig’i / Yer Gök Aşk ... Sevda (2012)



Filmlari:

Aslo voz kechma\Asla Vazgeçme (2014)
G.D.O. Qora mushuk / G.D.O. Karakedi ... Elmas (2012)
Kuchuk\Köpek ... Gülgün (2011)
Dat zit wel snor ... Hayal (2004)

Miracle tayyorladi



Manba:tarona.net
Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 25665 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sevgi Iztirobi, Kara Sevda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Миробид пишет: | 25.11.2017 | 00:05 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Камол ролига ким овоз берган
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное