Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Buxoroda yigit o‘z sevgilisiga suiqasd qildi


Rashk tufayli suyukli yorining hayotiga suiqasd qilish hech aqlga sig‘maydigan ish.

Mehr-muhabbat – tiriklikning borligi, davomiyligini ta’minlovchi bebaho tuyg‘u. Uni har yurakda yangidan tug‘iladi, deb bejiz aytishmaydi. Chunki bu tuyg‘u har kimda har xil kechadi. Ayniqsa, yigitlarning muhabbat izhori ham turlicha. Kimdir sevgilisining quchog‘ini gulga, quvonchga to‘ldirsa, ba’zilari esa...

Gap shundaki, Buxoro viloyatining Vobkent tumani Imomqozixon qishlog‘ida yashovchi B. ismli yigit hamqishlog‘i N. ismli qiz bilan bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan edi.

Bundan xabar topgan qizning ota-onasi qizini shu yigitga berishga ro‘yixushlik bermaydi. G‘azablangan yigit esa qiz bilan uchrashib, unga bor zahrini socha boshlaydi. O‘zaro janjal yigitning qiz ko‘ksiga pichoq urishi bilan yakun topdi.

– Ushbu jinoyat ishiga oid sud jarayonida sudlanuvchi ushbu qotillikni amalga oshirish uchun zimdan tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi sudyasi Zavqiy Qurbonov. – Qiz bilan uchrashish uchun yo‘lga chiqar ekan, u o‘zi bilan pichoq oladi. Qizning ota-onasi uni boshqa kishiga turmushga berishini o‘ylagan yigitning ko‘zi qonga to‘lgandi. Yo‘l-yo‘lakay yigit qizning otasiga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni bir voqea sodir bo‘lishini, uning tafsilotlari haqida kechqurun xabar topishini bildiradi. Bu harakati bilan u rejalashtirgan jinoyatiga ishora qilgan.

Qiz deyarli to‘rt yil sevishgan yigitining oldiga kelar ekan, uni yeru ko‘kka ishonmagan odamdan aslo shubha qilmagan. Biroq yigit uchrashuvga kelgan qizning chap qo‘lining yelka qismiga jami yetti marotaba hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Voqea joyiga qizning otasi tomonidan yuborilgan tog‘asi va amakisi yetib kelgan.

Yigit qasddan odam o‘ldirish jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan yashirinadi, deb yozmoqda O‘zA.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudining hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi B. Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6238 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sevgilisi, Qiz, Yigit
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное