Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navoiyda kollej o‘quvchisi rashk sabab o‘zi unashtirilgan qizni pichoqlab o‘ldirdi

Navoiy viloyatida kollejning birinchi bosqichida o‘quvchi yigit va uchinchi bosqichda o‘quvchi qiz o‘rtasidagi munosabatlar o‘rinsiz rashk tufayli ayanchli yakun topdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Yigit va qizning munosabatlari ota-onalari va qarindoshlarning qulog‘iga yetgach, yigitning onasi xolasini ergashtirib sovchilikka ham borib qizning ota-onasidan rozilik olib kelishgan. Birgina to‘y kunini belgilash qolgandi, xolos.
Sovchilar yaxshi xabar olib kelgach, yigit spirtli ichimliklar va turli taomlarni dasturxonga qo‘yib, do‘stlariga ziyofat berdi. Ziyofat chog‘ida do‘stlaridan biri unga qaylig‘i yengiltak qizligini, u bilan ham pinhona uchrashib turganini aytib qizni yomonlaydi. Yigit dastlab uning kayfi oshib qoldi, deb o‘ylab  e’tibor bermaydi. Do‘sti uning jahlini chiqarishga harakat qilavergach, yigit unga tashlandi va og‘zi-burnini qon qildi.
Shundan keyin ham tinchimagan tanishi yigitning qaylig‘i bokira emasligini aytib, qizga tuhmat qila boshlaydi. Jahl otiga mingan yigit undan isbot talab qiladi. Do‘sti esa yigitning telefonidan qizga qo‘ng‘iroq qilib, unga ham shu gapni aytadi. Qizdan bu gaplar tuhmat ekanligini eshitgan yigit unga ishonmay, mashinasiga o‘tirib, qaylig‘inikiga yo‘l oladi, biroq qiz uchrashishdan bosh tortadi.
Ertasi kuni uchrashishganda qiz yigitga bu tuhmat ekanligini tushuntirmoqchi bo‘ladi. Biroq yigit yana ishonmay o‘sha do‘stini chaqiradi. Kayfi tarqaganiga qaramay, do‘sti o‘sha gapida turib oladi. Yigit yana jahl ustida qizni qistovga oladi, biroq qizning gaplariga ishonmaydi.
Rashk, gumon o‘tida yongan yigit avtomashinasiga solib qo‘ygan pichoqni oldi-da, qizning qorniga zarb bilan sanchdi. Birdan qiz hushini yo‘qotgach, yigit nima qilib qo‘yganini anglaydi va uni mashinaga yotqizib, shifoxonaga olib bordi. Biroq qiz o‘ziga kelmasdan hayot bilan vidolashdi. Jinoyat ishini o‘rganib chiqqan sud yigitga tegishli jazo tayinladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 20547 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Navoiy, o'ldirdi, Qiz, pichoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Muslima99 Rawk qiliw kereyuu endi ja buncalimas. Manmca buni rawk
Dbam bömid bu AHMOQLIK
Like | 0
farida0206 Афсус ёшларга хайронсан хар хил гап сузларга ишонишадию севгилисига ишонмайди
Like | 0
samiya Ollox Insof bersin
Like | 0
guli101192 Axa duris aytasizlar axmaq bala eken bir qayaqtagi biykar gapti dep bir biygunah qiz tagida ozinin omirin zayaq qildi
Like | 0
adorable Bu yaxwi koriwmas wunchaki havasda chunki agar owa yigitcha rostan yaxwi korganda qizga pichoq kotariw u yoda tursin hatto bekorga xafa ham qilmasdi!!! Essiz UMR...
Like | 0
begim4155 Rawk wunaqada. Rawk qliw kere faqat meyorida. Rawk qmagan dayus diyiwadyuu.
Like | 0
mahliyo4979 Axmoq ekansan essiz
Like | 0
jentelmen_uz e axmoq bola aval oxirigacha yetiw keredi isbot qilolsen tig'ni qornigamas bo'yniga tortardin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное