Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navoiy shahrida Wi-Fi bog‘ tashkil etiladi

Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida Wi-Fi hudud tashkil etiladi, deya xabar berdi Navoiy viloyati portali.
“Navoiy viloyat hokimi roziligi bilan Navoiy shahar hokimi Sensorika internet markaziga shaharning bog‘ qismida Wi-Fi zonasini yaratish taklifini kiritdi”, — deyiladi xabarda.
Simsiz tarmoq yaratish talab va qoidalariga muvofiq ravishda axborot almashish uchun professional uskuna, litsenziyalangan dasturlar va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kuchli server o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Wi-Fi hudud Navoiy shahrining aynan qaysi istirohat bog‘ida paydo bo‘lishiga aniqlik kiritilmagan. “Eng markaziy joyga aylanadigan ushbu bog‘da yuqori tezlikdagi internetdan tashqari, muzqaymoq, shirinlik va salqin ichimliklardan ham bahramand bo‘lish mumkin bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4176 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Navoiy, Bog', wi-fi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
islam999 зору
Like | 0
spravochnik Farxodni yonida qurulyapti.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное