Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Navoiyda egizaklar uchligi tug‘ildi, to‘rtlik tug‘ilishi kutilmoqda

17 sentabr kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 29 yoshli Qizlarxon Jumayeva biryo‘la uchta farzand ko‘rdi. Bolalarga Hasan, Husan va Egamberdi ismlari qo‘yildi. 25 sentabr kuni ona uyiga qo‘yib yuborildi.
“Bu biz uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi, - dedi Jumayeva “Znamya drujbi” nashriga bergan intervyusida. – Turmush o‘rtog‘im bilan ikkita qizni tarbiyalab kelayotgan edik. O‘g‘il xohlayotgan edik. Biryo‘la uchta o‘g‘il ko‘rdim”.
Bolalarning vazni 2 200, 2 600 va 2 800 gr ni tashkil qiladi. Ular bir yoshgacha maxsus nazorat ostida bo‘ladi.
“Bu bizning muassasamizda ko‘p kuzatiladigan holat, - dedi viloyat perinatal markazi bosh neanatologi Erkin Safarov. – O‘tgan yilning mart oyida ham uchlik dunyoga kelgan edi. Hozir markazda Navbahor tumanidan kelgan homilador ayol yotibdi, u dunyoga birato‘la to‘rtta egiz farzandni keltirishi kutilmoqda”.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8272 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: egizaklar, Navoiy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
ZeRo727 TO'RTINCHISI TUGILIBDIMI.:D
Like | 0
Dilso'z пишет: | 03.10.2015 | 11:09 #2 Страница с комментарием
omina1710 Vov umrlari uzoq bo'lsin chaqaloqlarni
Like | 0
asgul Qoil gap yoq
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное