Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Nursulton Nazarboyevning “egizagi” topildi




Kecha, 20 sentabr kuni Qozog‘istonda avtobusda o‘z ish joyi tomon yo‘l olayotgan “Nazarboyev”ning surati 30 daqiqa ichida butun respublikaga tarqalib ulgurdi. Yarim soat ichida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ayni suratni qariyb 7 ming kishi ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Bunga suratdagi shaxsning Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevga quyib qo‘ygandek o‘xshashi sabab bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz”  nashri yozmoqda.
 
Suratni ko‘rganlarning ko‘pchiligi ular o‘rtasidagi o‘xshashlikdan hayratda ekanliklarini bildirishgan. Surat ostiga “Bu Nazarboyevning o‘zi. U shunchaki jamoat transportida shahar bo‘ylab aylanishni istagan bo‘lsa kerak”, deya izoh qoldirganlar ham bor. Tarmoq foydalanuvchilar orasida suratni joylashtirgan muallifni fotoshop dasturidan foydalanganlikda ayblaganlar ham topildi.
 
Aytish lozimki, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevga juda o‘xshash yana bir fuqaro bor. U Kostanay shahrida istiqomat qiluvchi Sarsenbay Dodanovdir. 

 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7308 | Рейтинг: 1| Рейтинг: egizaklar, Nursulton Nazarboyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное