Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Qozog‘iston viloyatida Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishchi tashrif bilan Janubiy Qozog‘iston viloyatida bo‘ldi va bu yerda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.


Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog‘istonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.


Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, ikki tomonlama uchrashuvlarning izchil tashkil etilishi davlatlararo munosabatlarning samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.



Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya neftini O‘zbekistonga transportirovka qilish masalasida ko‘mak ko‘rsatayotgani uchun Nursulton Nazarboyevga minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan birga Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Caspian Food korxonasida bo‘ldi. 
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uzum qabul qilish texnologik liniyasi, fermentatsiya jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, distillyatsiya va mahsulotni quyish sexida bo‘ldi.

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevga uzum, yong‘oq o‘tqazish hududlari namoyish etildi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2791 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev, Nursulton Nazarboyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное