Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi 75 yoshni qarshiladi

Qozog‘iston prezidentining rafiqasi Sara Nazarboyeva 12 fevralda o‘zining 75 yoshlik yubileyini nishonlamoqda. Qozog‘istonning birinchi raqamli xonimi Qarag‘anda viloyatining Qiziljar qishlog‘ida 1941 yilda dunyoga kelgan.  
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining rasmiy saytida rafiqasi bilan birinchi uchrashuvi haqida so‘zlab berdi. Bu uchrashuv Nursultan Abishevich ishlagan Temirtau shahridagi domna sexida yuz bergan.  
"O‘sha vaqtlarning eng esda qolarli xotiralari bo‘lg‘usi rafiqam Sara bilan ilk uchrashuvim bo‘ladi. Bu uchrashuv ... domna pechi ostida, avariyadan keyin yuz bergan. Avariya yuz berganda va metall yerga to‘kilganda, smena temir yo‘l harakatini tiklamaguncha ishdan keta olmaydi. Shunday qat’iy qoida bo‘lgan: xoh bir kun ketsin, o‘z kamchiligingizni o‘zingiz to‘g‘rilang. Qariyb bir sutkada oyoqda turilibdi, hamma qorakuyaga botgan, faqatgina tish va ko‘zlar ko‘rinadigan mana shunday yoqimsiz lahzada men elektropodstansiya bo‘yicha tun bo‘yi navbatchilik qilgan va pechimizda nima sodir bo‘layotganini ko‘rgani kelgan qiz bilan tanishganman. Bundan ko‘p o‘tmay bizga to‘y qilib berishgan", deb eslamoqda o‘sha kezlarni Nursulton Nazarboyev. 
1994 yil iyulidan boshlab Sara Nazarboyeva "SOS – Qozog‘iston bolalar qishloqlari" jamg‘armasi prezidenti, 1999 yil martidan "Demografiya" xayriya jamg‘armasining vasiylik kengashi raisi hisoblanadi.
Sara Nazarboyeva xayr-saxovat va mehr-muruvvat ko‘rsatish sohasidagi ulkan xizmatlari uchun xalqaro tashkilotlarning ko‘plab mukofotlari bilan taqdirlangan. Bunday mukofotlar orasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Ixsan Dogramachi nomidagi xalqaro mukofoti, Unity xalqaro mukofoti, "Kurmanjan Datka" mukofoti bor.
Sara Nazarboyeva Chingiz Aytmatov nomidagi "O‘z o‘zini anglash falsafasiga qo‘shgan buyuk hissasi uchun" oltin medali bilan taqdirlangan. 
Sara Nazarboyeva mashhur italiyalik aktrisa Sofi Loren qo‘lidan Rossiya Qizil Xoch tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan va o‘sib kelayotgan avlodni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘p yillik faoliyat uchun beriladigan "Oltin yurak" xalqaro mukofotini olgan.
Sara Nazarboyeva, shuningdek, SOS Kinderdorf International xalqaro jamg‘armasining SOS Kinderdorf bolalar qishloqlari bolalariga umrini bag‘shida qilgan ayollarga beriladigan "Oltin uzuk" mukofoti bilan ham taqdirlangan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3642 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 75, yoshga to'ldi, Nursulton Nazarboyev, rafiqasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное