Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Chingizxonning qabrini ochish uchun Nazarboyevning ruxsati kerak



Janubiy Qozog‘iston viloyatining Lesxoz aholi punkti yaqinida, Aris shahri tevaragida bir oydan beri qazish ishlari olib borilmloqda. Shu yerda yashovchi er-xotin Smana Otegen va Guljanar Altinbeklarning so‘zlariga qaraganda, aynan shu joyda buyuk sarkarda Chingizxon abadiy qo‘nim topgan.
“Tushimga to‘rtinchi avlodda men bilan bog‘lanuvchi bobom Manas kirdi. U meni kim bilandir tanishtirib qo‘yishini, faqat buning uchun avval qurbonlik qilishim lozimligini uqtirdi. Keyingi kun biz qo‘y so‘ydik. Ikki kundan keyin bobom tushimga takror kirib, menga bir insonni olib keldi. Bilsam u Chingizxon ekan», – dedi Guljanar Altinbek.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kundan keyin tushiga Chingizxonning o‘zi kirgan. «U menga so‘zlariga quloq solib Janubiy Qozog‘istonga borishimni, Aris shahriga yetganimda, janubga burilishimni aytdi», – hikoya qiladi Guljanar.
Er-xotinning aytishlaricha, olib borilgan qazish ishlaridan so‘ng ayni paytda Chingizxonning qabriga qadar 30 santimetr qolgan. Lekin qazish ishlarini davom ettirish mumkin emas. Chingizxon uning qabrini ochilishi uchun Nursulton Nazarboyevning ruxsatini kutmoqda. Smana bilan Guljanarning aytishicha, agar qabr ochilsa, mamlakatda ijobiy o‘zgarishlar yuz berib, korrupsiya, xiyonat va yolg‘on yo‘qolib ketadi.
“Chingizxon menga aynan shu joyda mangu uyquga ketganini aytdi. “Meni yerga olib chiqinglar. Men mo‘g‘ul emasman, Qiyot urug‘idanman. Ota-onam qozoqdir, xotinim esa qo‘ng‘irot urug‘idan”. Shunday dedi u, – deydi Guljanar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Nazarboyev yaqin orada bu yerga keladi. Kelgusida bu yerda maqbara va muzey barpo etiladi. Mehmonxonalar quriladi. Bu haqda “Vodiymedia.uz” xabar qildi.
 


Manba:protady.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6037 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Nazarboyev, Chingizxon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Zargina shu haqida yana malumot qoying ILTIMOS
Like | 0
virus16 BIROQ U ZOTI RUHI BEZOTA BUMIYDIMI?!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное