Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda Nazarboyevning ukasi giyohvandlikka berilgan xonandaga qancha pul sarflab uylanib olgani ochiqlandi
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ayni vaqtda to‘shakka mixlangan ukasi Bolat Nazarboyev norasmiy rafiqasi – xonanda Dinara Aljanga birinchi uchrashuvning o‘zidayoq 15 sotixli maydonda 360 kvadrat metrlik uy sovg‘a qilgan va unga jami 1 million AQSH dollari sarflagan. Bu haqda hozirda giyohvandlikka berilgan xonanda Dinaraning o‘zi “Uaqit kөrsetedі” loyihasida aytib bergan. 

Dinaraning aytishicha, u Prezidentning ukasi bilan 2016 yilda tanishgan. Uchrashuvdan keyin sobiq Prezidentning ukasi xonandani yoqtirib qolgan, uni ertalab o‘z ofisiga taklif qilgan. 

“O‘sha paytda men 27 yoshli oddiy qiz edim. Uning ofisiga kelganimdan so‘ng, menga darhol 15 sotix maydonda 360 kvadrat metrlik uy sovg‘a qilindi. Bunday sovg‘adan bir hafta o‘tib turmush qurdik”, deydi Dinara Aljan. 

Xonanda Bolat Nazarboyev unga sarflagan taxminiy summani ham ochiqladi. 

“U menga 1 million dollarga yaqin yordam berdi. Bu pulga onamga Aqtaudan uy oldim, ukamga mashina olib berdim. Barcha kreditlarimni yopdim. Yaqinlarimga yordam bermoqchi edim”, deya qo‘shimcha qildi Dinara. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston sobiq Prezidentining ukasi Bolat Nazarboyev qo‘shiqchini giyohvand moddalarga berilib ketganidan keyin tashlab ketgan. 

“Kental (qozog‘istonlik xonanda va aktyor) meni shou-biznesda yurganlar bilan tanishtirdi. Asosan, bu rusiyzabon muhit edi. Biz restoranda o‘tirdik va ichdik. Men mast bo‘ldim va hojatxonaga bordim. U yerda menga kokainni hidlashni taklif qilishdi va darhol o‘zimga kelishimni aytishdi”, deydi Dinara Aljan.

Giyohvand moddalarga o‘rganishni boshlagan Dinara, bunday kafyu safolarni davom ettirgan. 

“Ertasi kuni yana shunday bo‘ldi, keyin men ularni uyga taklif qila boshladim, ular meni yana giyohvand moddalar bilan siylashdi. Avvaliga tekinga berishdi va men judayam qoyil qoldim. Shundan so‘ng ular g‘oyib bo‘ldi. Meni aybim shundaki, men buni qilmayman deb ayta olmadim”, deydi xonanda.

Dinarani kokain bilan mehmon qilgan kimsalar g‘oyib bo‘lgach, xonandaning o‘zi giyohvand moddalarga buyurtma berishni boshlagan. 

“Ayol menga narkotik olib keldi, turkmidi yoki lo‘limi, bilmayman, men uchun farqi yo‘q edi, hatto yuziga ham qaramadim. Men taxminan bir oy davomida xaridor bo‘ldim, har safar 350 dollarga sotib oldim, har ikki yoki uch kunda buyurtma berdim”, deydi qo‘shiqchi.

U giyohvand moddalarga qancha pul sarflaganini hisoblamagan, biroq barcha pullar Bolat Nazarboyevga tegishli bo‘lganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi – 70 yashar Bolat Nazarboyev og‘ir xastalik bilan kurashmoqda, unda saraton aniqlangan. 

Bolat Nazarboyevda 2015 yilda xavfli o‘sma (buyrak karsinomasi) aniqlangan. Keyin transplantatsiya amalga oshirilgan. Kasallik progressiv og‘ir qandli diabet bilan murakkablashgan. 2021 yilda shifokorlar yana bir tashxisni – halqum saratonini aytishgan. 2021 yil 29 iyul kuni Germaniyada Qozog‘iston Birinchi Prezidentining ukasi halqumni olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan, shundan so‘ng ko‘plab asoratlar paydo bo‘lgan. Sentyabr oyida sepsis va tromboz rivojlanib, uning ahvoli og‘irlashgan. U komaga tushgan va klinik o‘limdan omon qolgan. 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 995 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Pul, uylanib, xonandaga, Qozog‘iston, giyohvandlikka, olgani, Nazarboyev, qancha, ukasi, sarflab, ochiqlandi, berilgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное