Qilichbek Madaliyev - H... Qilichbek Madaliyev - H...
Yodgor Mirzajonov - Ram... Yodgor Mirzajonov - Ram...
Bojalar & VIA Marokand ... Bojalar & VIA Marokand ...
Aziz Rajabiy - Jim-jim ... Aziz Rajabiy - Jim-jim ...
Sevara Nazarxon - Kunla... Sevara Nazarxon - Kunla...
Dilso'z ft. Bahodir Niz... Dilso'z ft. Bahodir Niz...



Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Merlin-Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Choy nimasi bilan zarar: olimlarning 6 ta kutilmagan xulosasi


Choyning foydali jihatlariga hech kim shubha qilmaydi: ming yillar davomida ushbu qaynoq ichimlikni iste'mol qilib kelayotgan milliardlab osiyoliklar xato qilishmaydi. Choy chanqoqni bosadi va tetiklik hissini beradi. Xolesterin darajasini pasaytirib, yurak qon-tomir faoliyatini normallashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi va hatto kishini aqlliroq qiladi.

Biroq foydali jihatlarning ko‘pligi uning zararini inkor etmaydi.

Qaynoq choy qon ketishlarga sabab bo‘lishi mumkin

Britaniyalik otolaringolog va plastik jarroh Genri Sharp qaynoq choy tomoq-burun tomirlariga salbiy ta'sir qilishi mumkinligini aniqlagan. Piyoladan chiqayotgan bug‘ ularni kengayishga majbur qiladi va burundan qon ketishiga sabab bo‘ladi.

Har qanday holatda ham ichimlik uchun optimal harorat 50-60 daraja sanaladi. Buning uchun choy damlangach, 5-7 daqiqa xona haroratida qoldirish kerak.

Achchiq choy tish va suyaklarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi

The New England Journal of Medicine o‘ta achchiq choy ichgan kishilarga oid ma'lumotlar bilan bo‘lishgan. 47 yoshli bir ayol 17 yil davomida 100-150 paketchadagi choydan damlangan ichimlikni ichgan. Natijada tish va suyaklar o‘ta mo‘rtlashib qolgan. Bunga achchiq choy tarkibidagi ftorning suyaklarda to‘planishi ham sabab bo‘ladi.

Parhezshunoslar kuniga 4-5 piyoladan ortiq choy ichmaslikni tavsiya qilishadi.

Choy tarkibida og‘ir metallar bo‘lishi mumkin

2013 yilda Kanadaning Journal of Toxicology jurnali sayyoraning turli mintaqalaridagi paketchali choylar namunalarining ko‘plab miqdori ustida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e'lon qildi.

Toksikologlar namunalarda qo‘rg‘oshin, alyuminiy, margimush, kadmiy kabi metallarni topishgan. Metallar choy barglariga tuproqning ifloslangani sabab tushishi taxmin qilingan: ko‘pincha choy plantatsiyalari ekologik bo‘lmagan elektrostansiyalar yaqinida joylashadi.

Metallarning ichimlikdagi miqdori damlash vaqti bilan bog‘liq. Agar paketcha 15-17 daqiqa davomida suvda bo‘lsa, zaharli moddalar xavfli darajaga ko‘tariladi.

Olimlar choy qancha uzoq damlansa, undagi turli zaharli moddalar bargdan suvga yuvilib tushadi, degan xulosaga kelishgan. Shuning uchun ichimlikni 3 daqiqadan ortiq tindirib bo‘lmaydi.

Yana bir usuli oq choy ichish. Uning barglari og‘ir metallarning katta dozasini o‘zida to‘plab ulgurmasidan avval erta uzib olinadi.

Ba'zida choy jigar uchun zarar

O‘tli choylar o‘zida ayrim gullaydigan o‘simliklar ajratadigan pirrolizidin alkaloidlarni to‘playdi.

Bu organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Uning asosiy nishoni – jigar.

Umuman olganda, organizmga ta'sir qiluvchi toksinlar dozasi katta odam uchun deyarli xavfsiz. Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan bolalar, shuningdek homiladorlar uchun vaziyat o‘zgacha. Vaznining ozligi sabab homila onasi orqali tushayotgan toksinlarga ta'sirchan bo‘ladi.

Ovqatdan so‘ng iste'mol qilingan choy temir moddasi yetishmovchiligini keltirib chiqaradi

2011 yil Kaliforniya universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlar choy ovqat bilan organizmga tushayotgan temir moddasi yaxshi o‘zlashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini aniqlashgan.

Shuning uchun shifokorlar nonushta, tushlik va kechki ovqat vaqtida choy ichmaslikni tavsiya etadilar. Choy ovqat iste'molidan keyin 20 daqiqa o‘tgach ichilishi kerak.

Choy uyqusizlikni keltirib chiqaradi

Bunga choy tarkibidagi kofein va ifor beruvchi moddalar aybdor. Ichimlikning tetiklantiruvchi effekti fiziologik asosga ega: puls, qon aylanishi tezlashadi, buyrak usti ko‘proq adrenalin ajratadi. Tongda va ish kuni davomida ichilgan choy haqiqiy topilmaning o‘zginasi.

Kechki payt esa choy uyquni qochirib yuborishi mumkin. Agar choy ichgingiz kelayotgan bo‘lsa, giyohli choylar bilan cheklangan ma'qul.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3548 | Рейтинг: 0| Рейтинг: choy
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама


Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Dildora Niyozova - Be Yurak  
. Ozoda Nursaidova - Yalla  
. Vohidjon Isoqov - Qizaloq  
. Otabek Mutalxo'jayev - Kechir Do'stim  
. Qilichbek Madaliyev - Hovli  
. Yodgor Mirzajonov - Ramazon  
. Sherali Jo'rayev - O'zbekona  
. Sharof Muqimov & Sherxon - Asta Kel  
. Alisher Zokirov - Ne Bo'lsaxam  
. Sardor Rahimxon - Aslo Sabringdan Voz Kechma  
. Bunyodbek Saidov - Komiljon Ustoz  
. Bojalar & VIA Marokand - Tanimadingmi  
. Shoxruz (Abadiya) - Yuraklarda  
. Yulduz Turdiyeva - Jilva Namo  
. Jamshid Abduazimov - Ikki Yurak  
. Согдиана - Yori Jonam  
. Guli Asalxo'jayeva - Ishon  
. Shahlo Ahmedova - Ая-Яй  
. Hosila Rahimova - Yelpesse  
. Shohjahon Jo'rayev - Sevmasang Sevma  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon Guruhi - So'ngi Bor
. Zohid - So'ramanglar
. Shoxrux feat. Timur Rakhmanov - Bexabar
. Jahongir Otajonov - Qaddi Baland (Remix)
. Zohid - Topi
. Shahzoda - Yana Yomg'ir
. Zohid - Sohibjamol
. Ummon Guruhi - Bag'ishladim
. Jahongir Otajonov - Erka Kiyik
. Shahlo Ahmedova - Dona Dona