Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Coca-Cola may oyi oxirida O‘zbekiston savdo peshtaxtalariga qaytadi

Coca-Cola mahsulotlari shu yilning may oyi oxiridan boshlab Toshkent shahri va viloyatlari savdo peshtaxtalarida paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston agentligi, ushbu gazli ichimlikni ishlab chiqaruvchi poytaxt zavodi vakiliga tayangan holda. 
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ancha mashhur ichimlikning quyilishi to‘xtashiga, yozgi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish talabi sabab bo‘lgan. Toshkent shahridagi zavodda ishlab chiqarish quvvati 25 may kuni to‘liq tiklanadi. 
Nashrning yozishicha, garchi bir qator mushkulliklarga qaramay, Coca-Colani idishlarga quyish butunlay to‘xtatilmagan. Ular hozirda shisha qadoqlarda mijozlarga yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, zavod mineral suv qadoqlashni ham davom ettirmoqda. 
Amerikaning Coca-Cola kompaniyasi 2016-2019 yillarda O‘zbekistondagi zavodlarini modernizatsiya qilishga 35 million dollardan ko‘proq sarmoya kiritish niyatida. Bugungi kunga kelib, mamlakatda uning ishtirokida 3ta qo‘shma korxona faoliyat yuritib kelyapti. Toshkent, Urganch va Namangandagi zavodlar 6 xil turli hajmdagi qadoqlarga mahsulot quyadi. 
Coca-Colaning O‘zbekistondagi ilk zavodi 1994 yili Toshkentda ochilgan, 1997 yilda esa Urganch va Namangandagi korxonalari ham ish boshlagan edi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4670 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Coca-Cola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное