Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Exclusive Intervyu

Dilnoza Kubayeva: “hamkasblarimdan Asal va Zarinaning mahoratiga tan beraman”


Bu aktrisa doim kulib turadi, samimiyligi tabassumida, so‘zlarida, ijro etgan rollarida ham namoyon.¬ Dilnoza ¬Kubae¬va¬ ma¬horatli ijrosi bilan xalq mehrini qozonib kelayotgan ijodkorlardan biri, desak adashmaymiz. Aslida, u intervyu berishni xushlamaydi. Ammo har gal muxlislari bilan gazeta yoki televidenie orqali g‘oyibona uchrashar ekan, ularga aytadigan gapi bo‘ladi...

— Bugun har sohada yangilikni, rivojlanishni kuzatish mumkin. Siz ham o‘z sohangizdan kelib chiqib, o‘zbek kinosining bugungi faoliyati haqida nimalar deya olasiz?

— Nazarimda, bugun o‘zbek kinosida sokin bir davr hukm surayotgandek. Ammo shunda ham ish to‘xtab qolgani yo‘q. Xususiy kinostudiyalar tomonidan yaxshi ijod mahsullarini kuzatib turibmiz. Yodingizda bo‘lsa, bir necha yillar avval o‘zbek kinosi hammaning e’tiborini tortib, kinoteatrlar teletomoshabinlar bilan liq to‘lgan edi. Bugungi kunda “Baron” filmi orqali kinoteatrlar yana gavjumlashgan edi, biroq afsuski “qaroqchi”larning sharofati bilan bu jarayon uzoqqa cho‘zilmadi. Bugungi filmlardagi mavzular biroz maydalashib borayotgandek. Bundan tashqari, san’atga aloqasi bo‘lmagan, bu sohadan umuman yiroq insonlarning faoliyati ham kinoning oqsab qolishiga sabab bo‘lyapti.   

— So‘nggi marta qaysi filmni tomosha qildingiz?

— Kuni kecha “Ko‘z yoshim” filmiga ko‘zim tushdi. U  yerda Asal Shodiyevning ijrosini ko‘rib yaxshi baholadim. Qahramonining dardini ochib berolgan. Asalda o‘sish bor. Shuningdek, Ayyub Shahobiddinovning “Parizod” filmini har gal juda maroq bilan tomosha qilaman. Unda aktrisa Zarina Nizomiddinovaning mahoratiga qoyil qolganman. Bizda yaxshi ijodkorlar ko‘p. Ularni ish bilan ta’minlab, mahoratini ko‘rsatib berish uchun imkon berilishi lozim.

— Konsert dasturlarining birida sizni parodiya janrida ko‘rdik...

— 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan har yilgi gala-konsert dasturining ssenariysi asosida  sahnalashtirilgan chiqish edi u. Konsert rejissyori Sa’dulla Abdullaevdan bu taklif tushganda avvaliga ikkilandim. Chunki bu men uchun yangilik. Ammo ustoz san’atkor, qiziqchi¬lari¬mizdan birining menga bildirgan ishonchi bu ishga qo‘l urishimga turtki bo‘ldi. Ammo bu tayyor hazil she’rni sahnada rolga kirishib o‘qib berdim, xolos. “Dizayn” guruhi bilan hamkorlikda sahnalashtirilgan chiqish ko‘pgina tomoshabinlarga yoqdi, deb eshitdim.

— Ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaysiz. Ammo instagram va boshqa saytlarda sizning nomingiz bilan ro‘yxatdan o‘tganlar ko‘p ekan...

— Bu og‘riqli nuqta. Avvaliga unchalik ahamiyat bermagandim. Ammo so‘nggi paytlarda nomimdan foydalanadiganlar ko‘payib qolgach, e’tibor beradigan bo‘ldim. Ayniqsa, mening nomimdan hamkasblarimning biror yutug‘i yoki ijodiy yangilik¬larini reklama qilib, ularning tavallud kunlari bilan tab¬riklashni boshlashgani, hammasidan o‘tib tushdi. Axir birovning nomidan ish ko‘rish insofdanmi? Mening nomimdan profil yuritgan inson, ertaga tuhmat qilib nomimni qoralashi ham hech gapmas. Bundaylar nomimga gard yuqtirib qo‘yishidan xavotirdaman. Qolaversa, men muxlislarimni bunday soxta “Dilnoza”lardan qizg‘anaman!

— Sizning nomingizdan profil yuritayotganlarni topishga harakat qilib ko‘rmadingizmi?

— Bu masalaga oydinlik kiritishni istamayman. Shunchaki, muxlislarim mening hech qaysi ijtimoiy tarmoqdan ro‘yxatdan o‘t¬ma¬ganimni bilishsa, menga shuning o‘zi ¬kifoya.

— Lekin ijtimoiy tarmoqlar, muxlis va san’atkor o‘rtasida vertual ko‘prik vazifasini ham o‘taydi. Balki o‘zingiz bu tarmoqlardan foydalansangiz soxtalar kamayarmidi? Bu haqida o‘ylab ko‘rmadingizmi?

— Odam sirli bo‘lishi kerak. Agar istalgan kishi, istalgan paytda siz bilan gaplashaversa, odamning qadri yo‘qoladi, deb o‘ylayman. Haqiqiy muxlis ijodkorning ijodini ko‘rish uchun kinopremeralarga, spektakl tomoshalariga borishi kerak. O‘ylaymanki, samimiy uchrashuv va suhbatlar o‘rnini internetdagi yozishmalar bosa olmaydi. Bundan tashqari, men internet olamidan juda uzoqman. Bugun ko‘pchi¬likning qimmat¬baho vaqti telefonga termulib o‘tib ketyapti. Dasturxon boshida ham, do‘stlar davrasida ham shu — telefon! Bu manzara juda xunuk ko‘rinadi. Kun kelib bularning barchasi barham topishiga ishonaman.

— So‘nggi vaqtlarda, “Dilnoza Kubayeva eng qimmat aktrisa va boshlovchi” degan ta’rifni ko‘p eshityapmiz...

— Eng qimmat so‘zini faqat moddiy tomonga bog‘lab ishlatish noto‘g‘ri. Men har bir taklifni sinchiklab o‘rganib, keyin qabul qila¬man. Hatto to‘y xizmatlariga ham tanlab-tanlab boradigan odatim bor. Ya’ni, meni chin dildan hurmat qilib, qadr¬laydigan davralarga boraman. “Qimmat” ta’rifi aynan shu jihatimga qarab berilgan, deb bilaman.

— Intervyularingizning birida “Kelgindi kelin”  filmidagi rolingizdan uyalishingizni aytgandingiz...

— Ha, to‘g‘¬ri. Film¬ning ba’zi sahnalarida biroz ochiq- sochiq kiyin¬ganimni nazarda tutganman. Lekin aynan shu rolim meni mashhur qilganini tan olaman.

— Ijodiy faoliyatingiz davomida ilk bor tarixiy obrazga qo‘l urdingiz. Sizni Alisher Navoiy spektaklida Guli rolida ko‘rdik...

— Bu mumtoz asar sahnalash¬tiril¬ganidan butun ijodiy jamoamiz xursandmiz. Chunki bunday mukammal asarlarni sahnaga olib chiqish har bir ijodkor uchun faxr. Barcha hamkasblarim nomidan rejissyor Rustam Hamidovga minnatdorchilik bildiraman. Bu spektaklda Guli rolini ijro etganim esa mening baxtim deb bilaman. Ya’ni, ko‘p yillik orzuimga erishdim! Gulining ibo-hayosi, gap-so‘zlari, latofatli yurish-turishini o‘xshatish katta mas’uliyat yukladi. Chunki u zamonaviy qahramon emas. O‘sha zamondagi holatni ko‘rsatib berishga qo‘limdan kelgancha harakat qildim.

— Faoliyatingizni endi boshlagan paytlaringizda siz va yana bir necha aktrisalarga o‘zbek kinosining yuzi, deya ta’rif berilardi. Ammo bugungi  yoshlarning faoliyatini kuzata turib, bunday izohga arziydiganlar kamayib ketganini sezish qiyin emas.

— Aktyor-aktrisalar doim rol kutib yashaydi. Iste’dodlar kam deysizmi? Ularni yuzaga chiqarish uchun yaxshi ssenariylar kerak! Mahoratli rejissyor, ssenariy mualliflari bilan hamkorlikda iqtidorlilarni yuzaga chiqarish kerak. Ammo men bu davr o‘tkinchiligiga ishonaman. Vaqti kelib, albatta yangi chehralar va yangidan-yangi iqtidorlar yuzaga chiqadi. 

— Endi shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq mavzularga ham to‘xtalsak. Hayotda qaynsingil va qaynopa rollarini qanday bajaryapsiz?

— Akam va ukamning turmush o‘rtoqlari bilan xuddi opa-singil, dugonalardekmiz. Ularning ikkisidan ham yoshim katta bo‘lsa-da, doim bir-birimiz bilan maslahatlashib ish ko‘ramiz. Bolaligimizdan onam bizga, “Har qanday vaziyatda ham bir-biringga hurmat bilan munosabatda bo‘linglar”, deb o‘rgatganlar. 

— O‘g‘lingiz va uning qiziqishlari haqida ham gapirib bersangiz.

— O‘g‘lim Muhammadamin 7 yoshda. Hozirda musiqa maktabining 1-sinfini a’lo baholar bilan yakunlayapti. Ochiqko‘ngil, saxiy, mehmondo‘st, hazilkash bola bo‘lgan.

— Musiqa maktabida o‘qiyotgan bo‘lsa, demak, san’atkor bo‘lishni istarkan-da?

— Qanday kasbni egallashidan qat’i nazar poydevori musiqa bilan mustahkam bo‘lishini istayman. Bundan tashqari, musiqani bilgan, tushungan insondan yomonlik chiqmaydi. Qaysi sohani tanlamasin, tanloviga hurmat bilan yondashaman.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi



Категория: Exclusive Intervyu
Просмотров: 6226 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilnoza Kubayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Margarita_95 Mana wu aktrisani judayam hurmat qilaman! So'zlariyam ma'noli! Bo'lar bo'lmas rollarda ham o'ynamaydi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное