Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilso‘z va uning opasi Gulsanam, Farruxning adabini berishdi, biroq...

O‘zbekiston xalq artisti  Gulsanam Mamazoitova va iste’dodli xonanda Farrux Raimovning “Kuyov” deb nomlangan qo‘shig‘i  bugun “O‘zbegim Taronasi” radiosi uzra jarang sochdi. Mazkur musiqiy asar kutilganidanda a’lo darajada qarshi olindi. Uning mavzusi, ohangi, so‘zlari va xonandalarning ijro mahorati barchaga manzur keldi.
Bu hali hammasi emas. Avval xabar berganimizdek, xonandalar bu qo‘shiqqa noodatiy va qiziqarli syujetdan iborat bo‘lgan videoklip tasvirga olishni rejalashtirishgan edi. Va’daga muvofiq shu bugunning o‘zidayoq klipni suratga olish ishlari boshlab yuborildi. Videoklip Umid Mashrabboyev rejissyorligida yaratilmoqda. Operator Muzaffar Yusupov. Klipda Gulsanam Mamazoitova, Farrux Raimov, Dilso‘z bosh rollarni ijro etmoqda.
Bundan tashqari, Umida Mirhamidova, Dilnoza Ismiyaminova, Hulkar Abdullayeva, Malika Egamberdiyev, Akmal Mirzo va boshqalar ishtirok etishmoqda.
Dilso‘z: Bu duet tarona klipda bosh rollardan birini ijro etmoqdaman. Undagi mavzu hayotiy.  Er - xotin urishi, doka ro‘mol qurishi deganlaridek, biz ham klipda urishib qolamiz va opam kelib yonimni oladilar. Umuman olganda ko‘p hollarda  uchraydi. Oxiri albatta yaxshilik bilan tugaydi. O‘ylaymanki, bu ijod mahsulimiz tomoshabinlarga manzur keladi.
Gulsanam Mamazoitova: Men Dilso‘zni inson sifatida  judayam hurmat qilaman. Yaxshi qiz, yaxshi ijodkor. Xabaringiz bor, u turmushga chiqdi, hozir baxtli hayot kechirmoqda. Kuyov bola ham begona emas. O‘zimizni sohani ichidagi, shou-biznes olami vakili. Umuman ijodlariga befarq emasman. Shuning uchun ham bu taklifga ikkilanmasdan rozi bo‘ldim. Turmush o‘rtog‘im bilan ham maslahatlashdik. Yangi chiqayotgan san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash bizning burchimiz. Qolaversa, bu qo‘shiqning mavzusi yoqdi. Sevgi-muhabbat mavzusi bo‘lmasin deganimda, “yo‘q, oilaviy mavzuni ko‘taramiz” deyishdi. So‘zlari ham juda manzur keldi. Musiqasi Iqbol Muhammadjonov tomonidan chiroyli bastalangan. Klipi ham hazilomuz tarzda suratga olinyapti. Muxlislarning o‘zi albatta baho berishadi. Men ikki ijodkorga  hamisha omad tilab qolaman.
Farrux Raimov: Mana bugun biz klipni suratga olish jarayonidamiz.  O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova bilan birga ijro etgan “Kuyov” deb nomlangan duetmiz xalqimizga ma’qul keladi deb o‘ylaymiz. Duet kuylash taklifi bilan chiqdim va ular bunga rozi bo‘ldilar. “Nima uchun aynan Gulsanam Mamazoitova?” degan savol qiziqtirayotganlar uchun javobim shuki, men ularni muxlislariman. Bolalikdan qo‘shiqlarini sevib tinglayman. Ijodlari juda yoqadi. Qo‘shiqning mualliflariga keladigan bo‘lsak, so‘zi Nodir Azimov musiqasi Iqbol Muhammadga tegishli. Aranjirovkasi esa Furqat Bobojonov amalga oshirgan.
Biz ham klipni kutib qolamiz va ijodkorlarga omad tilaymiz. Hozir esa “Kuyov” kompozisiyasini tinglab, baho berishga chorlab qolamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17718 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: GULSANAM MAMAZOITOVA, Farrux Raimov, Dilso‘z
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
3356776 :o Dilsuz va Farux Raimov oila quriwganmi?
Like | 0
Dilso'z пишет: | 08.10.2015 | 22:24 #1 Страница с комментарием
omina1710 Kutamiz kutgandayam aynan Dilso'zni va Farruxni klipini. Bularni hayotlariga ham baxt tileman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное