Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

DTM: OTMga kiritib qo‘yaman deganlarga ishonmang!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat test markazi mutasaddilari ma’lum qilishicha, endi “oliy ta’limga kiritib qo‘yish amaliyotiga” mutlaqo chek qo‘yiladi. Yo‘nalishlar bitta bo‘lmagandan keyin, abituriyentlarning bir-biriga yordam berishi ham cheklanadi, deb yozadiO‘zA.

“Abituriyent yurtimizning istagan joyida test topshiryapti. U qayerda, qachon topshirishini bilmagandan keyin, yordam beraman deb urinishning iloji yo‘q. Bu chora bilimli yoshlarning o‘qishga kirishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim muassasasi ham abituriyent haqida bilmaydi. Endilikda qabul jarayonlarida “manfaat” degan tushuncha yo‘qoladi. Shuning o‘ziyoq katta natija. Hozircha qo‘limizdan keladigani, test jarayonlarida shaffoflikni ta’minlab turish. OTMga kiritib qo‘yaman, deganlarga ishonmang”, — dedi Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshlig‘i Barno Rajabov.

Brifingda abituriyentlar diqqatiga yana bir juda muhim e’lon ma’lum qilindi: Imtihon kuni kech qolgan abituriyentlar belgilangan vaqtdan kech qolsa, imtihonga kiritilmaydi. Bu qat’iy belgilangan tartib, qoida. Sababi, ikki smenada tashkil etiladigan test sinovlari o‘z vaqtida, tartibli va sifatli o‘tkazilishi kerak.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2070 | Рейтинг: 0| Рейтинг: deganlarga ishonmang, OTM, kiritib qo‘yaman, DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное