Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Pazanda - Soundtrack
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

OTMlarga kirish imtihonidagi test savollari soddalashtiriladi


Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi va takomillashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda:

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlaridagi test savollarini tayyorlash uslublarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abiturientlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Qarorga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi Prezident devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlari — tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlarining, innovasion rivojlanish vaziri — barcha oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarining faoliyati natijalarini ularning “Yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan har oyda kamida bir marta tanqidiy muhokama qilib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar rahbarlarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda tegishli oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan hisobotlari har yili Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama etiladi.

Vazirlar Mahkamasi muhokama natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalari rektorlarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi yoki noloyiqligi masalasini ko‘rib chiqadi. Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining faoliyati samaradorligiga baho berishda o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilinganligi, shuningdek, O‘zbekistonda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochishda ularning tashabbuskorligi inobatga olinadi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8579 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: soddalashtiriladi, kirish imtihoni, DTM, test savollari, OTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Shohjahon пишет: | 02.05.2019 | 06:22 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Assalomu alaykum. SAT general, SAT subjects yoki IELTS qarorlari qachon chiqadi. Shu haqida ma'lumot bera olasizmi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное