Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ishq Jodusi - All I want
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Dunyoda ilk bor uch ota-onadan bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi

Iordaniyalik juftlik  bepushtlikka olib keluvchi o‘ta kam uchraydigan kasallik bilan og‘rigan edilar. Ular amerikalik olimlariga farzand ko‘rishga yordam berishlarini so‘rab murojaat qilishdi.
 
Markaziy asab tizimi bilan bog‘liq Leya sindromiga chalingan ayol va uning turmush o‘rtog‘i qariyb 20 yil davomida befarzandlikdan aziyat chekishgan. Aslini olganda, ular farzand ko‘rishgan. Ammo ayoldagi ushbu sindrom bois birinchi farzandlari 6 yoshida, ikkinchisi esa 8 oylik vaqtida olamdan ko‘z yumgan. Shu bois, yana farzand ko‘rish va uning ham ayni sindromni “meros” qilib olishidan qo‘rqqan juftlik Nyu-Yorkdagi Nyu-Xoup Onalik Markazi professori, olim Jon Chzan huzuriga ushbu o‘ta qiyin vaziyatda yordam berishini so‘rab kelishgan.
 
Ularga yordam berish istagida tadqiqot ishlariga kirishib ketgan professor Jon Chzan masalaga yechim topish uchun boshqa, uchinchi bir ayolning genetik materialidan foydalanishga ahd qildi. AQShda bunday tadqiqotlarni o‘tkazish taqiqlangani bois, jarayon Meksikadagi klinikalarning birida amalga oshirildi. Bunday holatlarda homiladorlikni ko‘taruvchi ayolning tuxum hujayrasidagi yadro xromasomalari bilan olib tashlanadi va boshqa ayolning tuxum hujayrasidagi yadro o‘rnatiladi. Aynan shu ko‘zga ko‘rinmaydigan, ammo murakkab jarayon tufayli almashinuv sababli chaqaloq uch ota-onadan dunyoga kelgan sanaladi.
 
Abrahim Hasan deb ism qo‘yilgan bolakayning dunyoga kelganiga 5 oy bo‘lgan bo‘lsada, u haqidagi ma’lumotlar OAVga shu bugungacha oshkor qilinmagan edi.
 
2015 yilning fevral oyida Buyuk Britaniya uch insonning o‘zaro DNKlaridan foydalangan holda sun’iy urug‘lantirish jarayoniga ruxsat bergan birinchi davlat bo‘lgandi. Tibbiyot olimlarining fikrlariga ko‘ra, bunday tug‘ulish jarayonlari farzand ko‘rish istagidagi millionlab insonlar uchun ayni muddaodir. 
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11518 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dunyoda ilk bor, uch ota-ona, chaqaloq tug‘ildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное