Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Hindistonda oyoq-qo‘llarida barmoqlari va qulog‘i yo‘q chaqaloq tug‘ildi

Iyun oyining boshida Hindistonning Maxarashtra shtatida tanasi “baliq tangachalari” bilan qoplangan qizaloq tug‘ildi, deb yozadi “Medikforum.ru” nashri.
 Fanda ushbu genetik kasallik arlekin ixtiozi deb ataladi.
 
Yosh fermerlar oilasida muddatidan avval dunyoga kelgan qizaloqda arlekin ixtiozidan tashqari uning erta tug‘ilganligi bilan bog‘liq anomaliyalar ham mavjud. Ba’zi organlari yetilmagan, qo‘l va oyoqlarida barmoqlar mavjud emas, burun o‘rniga qizaloqning yuzida ikkita burun teshigi mavjud, quloqlari yo‘q, ko‘zning ustki qismi “teskari o‘girilgan” ko‘rinishda, og‘zi esa baliqnikini eslatadi. Terisi baliqniki kabi tangachalar bilan qoplangan va ular orasida kuchli og‘riqlarga sabab bo‘ladigan yoriqlar bor.
 
Hozirda qizaloq yangi tug‘ilgan bolalar intensiv terapiya xonasida shifokorlar nazorati ostida yotibdi. Uning terisidan namunalar olingan va  o‘rganish uchun yuborilgan. Shu bilan birga undan qator tahlillar uchun qon olingan. Ularning javobiga ko‘ra, qizaloqning holati ayon bo‘ladi.
 
“Bunday bolalar infeksiya yuqtirishga o‘ta moyil bo‘lishadi va odatda chaqaloqlik davridayoq vafot etishadi. Biz qizaloqning terisini doimiy ravishda vazelin bilan yumshatib turibmiz. Hozir uning ko‘z soqqalari bormi, yo‘qmi bilolmayapmiz. Uning ahvoli haqida biror narsani oldindan aytish qiyin” deydi pediatr Yash Banait.
 
Qizaloqning otasi 27, onasi esa 23 yoshda. Bu ularning ilk farzandlari. Ular g‘aribona hayot kechirishadi. Shu sababli homiladorlik vaqtida ayol homilada mutatsiyalarni aniqlash bo‘yicha test tahlil natijalarini topshirmagan. Fanda arlekin ixtiozini homila 4 oylik bo‘lganidayoq aniqlash imkoniyati mavjud. Homilada bunday patologiya aniqlangan holatlarda, shifokorlar homiladorlikni to‘xtatishni maslahat berishadi, chunki bu kasallikning davosi mavjud emas. 
 
Hindistondagi tug‘ruqxonalarning birida dunyoga kelgan bu qizaloq “internet yulduzi”ga aylandi. Internetda tug‘ruqxona xodimlaridan biri bo‘lmish Lata Mangeshkarning qo‘liga qizaloqni ko‘tarib turgan  surati tarqaldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa suratni ko‘rib, uning ostida “Bu suratni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishingizga go‘dakning ota-onasi ruxsat berishdimi?” kabi o‘nlab savollarni qoldirishgan.
 
Ma’lumot o‘rnida, qizaloq Hindistonda arlekin ixtiozi bilan tug‘ilgan ilk chaqaloqdir. Tarixda esa bunday kasallik bilan tug‘ilgan chaqaloqlar haqidagi ma’lmotlar 1750 yillardayoq paydo bo‘lgan. Dunyo miqyosida har 300 ming bolaning bittasi arlekin ixtiozi bilan tug‘iladi.
Umida Yakubova


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 13638 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xindiston, chaqaloq tug‘ildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
shiriin bechora ........
ota-onasiga qiyin bolibtida birinchi farzandi ekan
Like | 0
sanjarezoz Tavba! Rosa joni og‘riyatkandir bechorani :'(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное