Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Ehtiyot bo`ling: muhabbatni so`ndiruvchi odatlar!



Bu safar nozik munosabatlarga yangilik kiritish yoxud juftimizning ko`nglini zabt etishda asqotadigan usullar haqida sirlashmaymiz. Taajjublanayapsizmi? E`tiroz bildirishga shoshilmang-da, yaxshisi tanlagan mavzumizga diqqat qiling. Zero, bugungi suhbatimiz jinsiy yaqinlik borasida yo`l qo`yiladigan xatolar va ehtiroslarning so`nishiga olib keluvchi holatlar to`g`risida bo`ladi.

Mutaxassis – androlog-seksopatolog Dilmurod ERGAShEV.

Bir xillik

Tasavvur qiling, yaqinlik vaqti hech qanday hissiyotlar yuzaga kelmadi. Xo`sh, bunga kim aybdor? «Albatta, turmush o`rtog`im, axir men nima ham qilolardim?». Agar shu bahona bilan o`zingizni ovutayotgan bo`lsangiz, bilingki bu sizning birinchi va eng katta xatongiz. Munosabatlaringizdagi bir xillik ehtiroslarning so`nishiga olib kelayapti. Eringizga turlanib yurishingiz yoqadimi, demak, shaxsiy hududda ham ana shu jarayonga e`tibor berishni unutmang.

«Bir daqiqa, oyim qo`ng`iroq qilayotgandi...»

Har qanday masalada qat`iyatli erkak, nozik munosabatlarga kelganda o`ta ta`sirchan bo`lishi hech gap emas. Ayniqsa, visol onlariga ishora qilsayu, kutilmagan qo`ng`iroq yoki biror bir serial bilan diqqatini bo`lsangiz, qo`pol muomalasini kutavering. Xudbinligi uyg`onsayu, e`tiborini ham sizdan qizg`ona boshlaydi. Axir siz uni rad etdingiz.

Juftingizning kayfiyatini bildingizmi, demak, har qanday qo`nig`iroqlaru kino va seriallarni unuting-da, bor diqqatingizni unga qarating.

Soxta tuyg`ular...

Turmush o`rtog`imga manzur kelay, deya yaqinlik vaqti aslingizdek ko`rinmaysiz, hissiyotlaringiz aldamchi ekanligini boplab yashirasiz. Ammo bu qachongacha davom etadi? Avvaliga bilinmasligi mumkin, biroq vaqt o`tgani sayin o`zingiz ham zerika boshlaysiz. Sizdagi o`zgarishlar juftingizning ham e`tiboridan chetda qolmaydi. Keyin... keyin o`zaro tushunmovchiliklar, gina–kudurat boshlanishi mumkin. Anglaganingizdek, aynan soxta munosabatingiz xatoningiz chuqurlashishiga asos bo`layapti. Nima qilasiz? Jinsiy munosabatlarda nimani istayapsiz, qay holatlar sizga ma`qul emas yoki aksincha, umr yo`ldoshingiz bilan suhbatlashing. Ajablanmang, er–xotin uchun buning uyatli joyi yo`q. Aksincha ba`zida juda ahamiyatli bo`lishi ham mumkin.

Bo`rttirish

Nozik munosabatlarga tayyorgarlik ko`ring deb ko`p gapirsak-da, ammo ortiqcha hashamdan tiyilishingizni so`rardik. Aksariyat erkaklar ishtaha bilan bo`yalgan lablaru, ifori dimog`ni zaharlovchi atirlarni xushlashmaydi. Yorimni mahliyo etaman deb oro berishni oshirib yuborsangiz, kutilganining aksi bo`lishi ham hech gap emas. Fahmlaganingizdek, ozginayu sozgina bo`lgani durust.

Taqqoslash

Juftingiz bir paytlar xayol qilgan oq otli shaxzodangizga o`xshamasligi mumkin, axir ideal insonning o`zi yo`q aslida. Biroq shuni deb nozik munosabatlaringiz sovushi mumkin-da. Yaqinlik vaqti uning xatti-harakatini rag`batlantirmaysiz, qisinib-qimtinib o`zingizni go`yo shu ishni qilishga majburdek tutasiz. Turmush o`rtog`ingizning sinchkov nigohi esa sizdagi o`zgarishlarni payqamay qolmaydi. «Xayoling qaerda?» degan savol yangrashi xamon xushyor tortmasangiz, keyin attang qilishingiz mumkin. Mayliga, u shirin so`z aytmasin, «Yakkayu yagonamsan» deya ko`klarga ko`tarmasin, ammo sevishi uchun imkon bering. Shunda ko`rasiz, sevilish naqadar baxt ekanini.

Rejalarni chippakka chiqaradi:

– Jinsiy yaqinlik oldidan qattiq qovurilgan, dukkakli o`simliklardan tayyorlangan taom va eguliklarni iste`mol qilish hamda gazlangan ichimliklarni ichish hissiyotlarning yuzaga chiqishiga to`sqinlik qiladi. Soddaroq aytganda to`q qoringa muhabbat alanga olmaydi;

–Chiroqni o`chirib, ko`rpa tagiga yashirinish odati. Siz buni xato deb bilmabmidingiz? Erkaklar ko`zi bilan sevadi deganlarini unutgan ko`rinasiz chog`i. Chiroyingizni oching, axir shunga loyiqsiz;

–Ayni paytda tinchlantiruvchi, antibiotik va bosh miya faoliyatiga ta`sir ko`rsatuvchi dori vositalarini qabul qilayotgan bo`lsangiz, bu haqda juftingizni ogohlantirib qo`ying. Yoki u muolaja olayotganda yaqinlik masalasida shoshilmaganingiz yaxshi. Har ikkala holatda ham preparatlar jinsiy xohishning yo`qolishiga daxl qilishi mumkin.


MARJONA tayyorladi.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 9308 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muhabbat, odat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное