Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi

2015-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Qonunning rasmiy matni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilindi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda.
Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 18-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan edi.
Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun quyidagi boblardan tarkib topgan:
1-bob. Umumiy qoidalar;
2-bob. Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish;
3-bob. Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
4-bob. Elektron hukumatning ishlashini tashkil etish;
5-bob. Yakunlovchi qoidalar.
Qonunga ko‘ra, elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organdir.
Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘lishi mumkin.
Qonunga ko‘ra, so‘ralayotgan elektron davlat xizmati bo‘yicha elektron hujjat tarzida yuborilgan javob qog‘oz shaklida yuborilgan javobga tenglashtiriladi.
Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.
Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4171 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qonun, Elektron hukumat, Prezident tomonidan imzolandi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное