Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Noqonuniy taksi haydovchilariga qanday chora ko‘riladi?

“Lisenziyasiz haydovchilarga nisbatan qonunchiligimizda  qanday choralar belgishlangan?”
A. Ne’matov,
Samarqand shahri

 
Savolga Toshkent shahar hokimligi yo‘lovchi   transportining   barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti bosh mutaxassisi Dilshod Fayzullaev javob beradi:
— Yo‘lovchi transportlarining barcha turlari harakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Davlat Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  bilan hamkorlikda nolegal taksi haydovchilarini aniqlash ishlari bajarilmoqda.  O‘tgan yil hisobotiga yuzlansak, yo‘lovchilar tashish  qoidalarini buzish bilan bog‘liq  21 000 ga yaqin holat aniqlangan. Bular orasida yo‘lovchilar tashish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo‘lmaganlar soni 2000 tani tashkil qiladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan lisenziyasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan jismoniy shaxslar ishi sud tomonidan ko‘riladi. Shuningdek, departament tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, avtomobil texnik holatidan xabar beruvchi tegishli hujjat va sug‘urta shartnomasi mavjud bo‘lmagan 6000ga yaqin holat aniqlandi.  Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik Kodeksining 173  – moddasida «Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullanish – fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga   esa ellik barvaridan yuz ellik barvarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi» deyilgan. Fuqaro tomonidan qonunbuzarlik holatlarining qayta takrorlanishi eng kam ish haqining 25 baravaridan 75 baravarigacha jarima, 5 yilgacha haydovchilik guvohnomasining bekor qilinishi, (muayyan hukquqdan mahrum qilish)  yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolaniladi. 


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3887 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Qonun, Taksi, Taxi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное