Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Lisenziyasiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanganlarga 2,3 mlrd. so‘m jarima qo‘llanildi

Mamlakatimizda qonunchilikka muvofiq maxsus lisenziyaga ega bo‘lmasdan aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatishi taqiqlanadi. Agarda qonuniy faoliyat yuritilsa, qator qulayliklar yaratiladi.
Ta’kidlash joizki, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarga qaramasdan noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar uchrab turibdi. Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari ana shunday qonunbuzilishlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning shu davrida o‘tkazilgan 354 ta nazorat tadbirida 1541 ta lisenziyasiz taksi faoliyati bilan shug‘ullangan huquqbuzar shaxslar aniqlandi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati DSB axborot xizmati. Ularga nisbatan 2 mlrd. 280 mln. 91 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, 15 nafar huquqbuzar shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5136 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jarima, Lisenziyasiz, qonunbuzar, Taksi, Taxi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное